«San-Xuan» suv osti kemasining halokati ssenariysi modellashtirildi
Argentinalik mutaxassislar «San-Xuan» suv osti kemasining halokatga uchrashi bo‘yicha ehtimoliy ssenariyni ma'lum qilishdi, deb xabar bermoqda La Nacion Argentina Mudofaa vazirligidagi komissiya ekspertlari hisobotining xomaki variantiga tayangan holda.
Ta'kidlanishicha, suv osti kemasidagi birinchi yong‘in kema halokatidan bir kun oldin elektr akkumulyatorlari qismida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin - 2017 yil 14 noyabrda. Qayd etilishicha, portlash va yong‘in ventilyatsiya tizimi orqali batareyalarga suv tushgani sababli yuz bergani ehtimolga yaqin. Keyinchalik, mutaxassislarning fikricha, suv osti kemasi suv yuzasiga chiqqan va ekipaj yomon ob-havo sharoitida hamda tungi vaqtda ta'mirlash ishlarini olib borgan. Shundan keyin kema yana suv ostiga tushgan.
Keyinchalik, «San-Xuan» bortida qisman o‘chirilgan yong‘in tiklangan, u suv osti kemasida boshqaruvning yo‘qolishiga olib kelgan, shu tufayli kema suv tubiga tusha boshlagan bo‘lishi mumkin. Ta'kidlanishicha, bularning bari bir necha soat oldin yong‘in bilan kurashgan jamoaning ruhiy va jismoniy charchashi fonida yuz bergan. Submarina suv tubiga borib yetgach, uni suv qatlami ezib tashlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentinaning cho‘kib ketgan suv osti kemasi suratlari e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
16:12 / 23.10.2024
Argentinada soliq xizmati tugatildi
13:19 / 07.10.2024
Infantino va «futzal Pelesi» kelgan, Braziliyaning omadi chopgan finaldan eksklyuziv fotojamlanma
20:30 / 24.09.2024
Argentina sudi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hibsga olishga order berdi
23:23 / 30.08.2024