Toshkent shahri prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Bosh prokurori buyrug‘i bilan Ikrom Shermatovich Narimov Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ikrom Narimov 1971 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti va Bosh prokuratura oliy o‘quv kurslarini tamomlagan. Xizmat faoliyatini Toshkent transport prokuraturasida boshlagan. Keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi tizimida turli lavozimlarda, so‘ngra Toshkent aviatsiya transport prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.
Narimov 2018 yilning yanvar oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
11:51 / 01.10.2024
“Jabrlanuvchilar rozi emas” - Farg‘ona viloyat sudida protsessni tasvirga olmaslik uchun “yopishmagan” sabab ko‘rsatildi
11:06 / 14.09.2024
Isroil Adhamov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi
11:37 / 01.07.2024
Surxondaryoda prokuror pora olayotganda tezkor tadbirda ushlandi
10:31 / 22.05.2024