Bojxonachilardan qochishga uringan yuk avtomashinasida noqonuniy mahsulotlar ortilgani aniqlandi
Bugungi kunda O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari uchun keng imkoniyatlar va yengilliklar joriy qilinayotganiga qaramay ayrim shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan holda mo‘may daromad orttirish maqsadida tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlar uchrab turibdi.
Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati shunday harakatlarga keskin kurashish maqsadida bojxona organlari tomonidan amalga oshirilayotgan qat'iy chora-tadbirlar haqida ma'lumot berdi.
«Kuni kecha Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi», deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatining qo‘shni davlat bilan chegaradosh hududlarida harakatlanayotgan «KIA/BONGO 3» rusumli, fuqaro Yu.O. boshqaruvidagi yuk avtomashinasi to‘xtatish ishorasiga bo‘ysunmay qochishga uringan.
Ammo, ushbu yuk avtomashinasini to‘xtatish choralari ko‘rilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, haydovchining to‘xtash ishorasiga buysunmagani sababi oydinlashgan.
Ushbu avtomashina yukxonasida O‘zbekistonga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 213 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi televizor va gaz hisoblagich uskunalari singari 3 xil turdagi tovarlar borligi ma'lum bo‘lgan.
Hozirda ushbu holat yuzasida tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
15:30 / 23.10.2024
9 oyda bojxonada qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani aytildi
18:08 / 01.10.2024