Xorazm viloyatida fuqaro IIB xodimiga 500 dollar pora taklif qildi
Xorazm viloyatida ichki ishlar xodimiga 500 AQSh dollarini pora tariqasida berishga uringan fuqaro qilmishi fosh bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati «Kun.uz» muxbiriga xabar bergan.
Urganch shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i 2018 yilning 5 noyabr kuni o‘z rahbariyatiga tegishli tartibda murojaat qilib, Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan, ilgari sudlangan, A.A. o‘ziga 500 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilayotgani to‘g‘risida ma'lum qilgan.
Shundan keyin huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida, shu kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida ichki ishlar xodimiga 500 AQSh dollarini pora tariqasida berishga uringan fuqaro qilmishi fosh etilgan hamda chet el valyutasi ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holatda fuqaro ichki ishlar bo‘limida mavjud bo‘lgan murojaat yuzasidan olib borilayotgan surishtiruv ishlari doirasida, o‘ziga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishini oldini olish maqsadida ichki ishlar xodimiga pora taklif qilgani ayon bo‘ldi.
Ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi («Pora berish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ushbu holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan olib borilayotgan surishtiruv ishlari yakunlangach, qo‘shimcha qaror qabul qilinadi. Agar u aybdor deb topilsa, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
«Bugungi kunda mamlakatimizda ichki ishlar organlari xodimlariga pora berishga urinayotgan shaxslarning qilmishlari fosh etilib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilayotganligi to‘g‘risida deyarli barcha ommaviy axborot vositalarida ma'lumotlar berilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad yagona, u ham bo‘lsa poraxo‘rlik jinoyatlarining kelib chiqishida asosiy rol o‘ynovchi - pora taklif qiluvchi shaxslarni hushyorlikka chaqirish, ularni jamiyatimizdagi yangilanish va o‘zgarishlar bilan hamohang bo‘lishga undashdir», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:40 / 12.11.2024
Andijonda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
17:42 / 05.11.2024