Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Yevropani “NATO” bilan to‘liq kelishgan holda armiya tashkil etishga chaqirdi
Foto: RIA Novosti / Irina Kalashnikova
AQSh Yevropa davlatlarining umumiy armiyani tashkil etish rejasi borasidagi pozitsiyalari bo‘yicha ko‘proq aniqlik talab qilmoqda. Bu armiya NATOning o‘rnini egallashi kerak emas, balki uning to‘ldiruvchisi bo‘lishi lozim. Bunday fikrni Yevropa parlamentida AQShning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili Gordon Sondlend aytib o‘tdi.
“Bu biz uchun nozik masala. Biz AQShdagi saylovchini AQSh, barcha muammolarini hisobga olgan holda, har yili Yevropaga uni Rossiya va boshqa dushmanona kuchlardan himoya qilish uchun o‘nlab milliard dollar jo‘natishiga ishontirib kelamiz, vaholanki bu pullar AQShning ichki ehtiyojlariga sarflanishi ham mumkin”, deb aytgan diplomat xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mita yig‘ilishida.
Sondlendning aytishicha, Yevropa Ittifoqi o‘z qurolli kuchlari yordamida muammolarni hal qila olishiga qaror qilgani sababli vaziyat murakkablashmoqda, bu esa NATOga putur yetkazadi.
“Shu sababli Yevropa Ittifoqi o‘z avtonomligi va mudofaa imkoniyatlari haqida gapirishni istar ekan, unda bu NATO bilan to‘liq kelishilgan holda va unga to‘ldiruvchi sifatida amalga oshiriladi, deb umid qilamiz”, deb aytgan diplomat.
AQSh vakilining aytishicha, Vashington Yevropadan mudofaa masalalari borasida “ikkita qarama-qarshi fikrlarni” eshitmoqda: ba'zilar kichik ixtiloflar yoki Shimoliy Afrikadagi masalalarni hal qilish bilan chegaralanishni istasa, qolganlar razvedka hamjamiyati, armiya, to‘laqonli qurolli kuchlar tashkil etish haqida gapirmoqda.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21 / 06.05.2026
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52 / 06.05.2026