22:10 / 22.11.2018
82556

Dunyoning eng kuchli armiyalarining yangi reytingi tuzildi

Mutaxassislar dunyoning eng kuchli armiyalarining yangi reytingini tuzishdi. Ular bunda 50 dan ko‘proq ko‘rsatkich, jumladan davlatning mavjud qurollari, mobilizatsiya salohiyati, sanoatining rivojlanganligi darajasi, tabiiy zaxiralari va boshqa omillarni hisobga olishgan. Reyting Business Insider nashri portalida e'lon qilingan. 

Bunda ustunlikka yadro quroliga ega davlatlar va NATO a'zolari ega bo‘lganlar. Dengizga chiqishga ega bo‘lmagan davlatlarning floti yo‘qligi uchun ballar olib tashlanmagan. 

Reytingga AQSh yetakchilik qilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh harbiylari soni 2 mlnga yaqinni (amaldagi va zaxiradagi) tashkil qiladi. AQSh armiyasida deyarli 6 mingta tank, 13 mingdan ko‘proq samolyot, jumladan 2 mingta qiruvchi, 415 ta kema bor bo‘lib, mudofaa byudjyeti 647 mlrd dollarni tashkil qiladi.

2-o‘rinni Rossiya armiyasi egallagan. Unda 3,5 mln kishi xizmat qiladi. Portalning ma'lum qilishicha, Rossiya armiyasida 4 mingta samolyot, 20 mingdan ko‘proq tank va 352 ta kema bor. Harbiy byudjyeti esa 47 mlrd dollarni tashkil qiladi.   

3-o‘ringa Xitoy armiyasi qo‘yilgan. Ushbu armiyada 2,5 mlndan ko‘proq kishi xizmat qiladi, harbiy samolyotlari soni 3 mingtadan oshadi. Shuningdek, Xitoy armiyasi ixtiyorida 7,5 mingtadan ko‘proq tank va 714 ta kema bor. Harbiy byudjyeti 151 mlrd dollarni tashkil qiladi. 

Yetakchi o‘ntalikka, shuningdek, Hindiston, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya va Germaniya kiritilgan.

Reytingni tuzishda Global Firepower saytidan olingan ma'lumotlar inobatga olingan.

Top