Jahon | 20:37 / 23.11.2018
12225
2 daqiqa o‘qiladi

Havo va suvdan yegulik: Finlyandiyada antiqa fabrika ishga tushiriladi

Foto: Globallookpress

Finlyandiyada havo va suvdan yegulik ishlab chiqaruvchi tajribaviy fabrika ishga tushirilmoqda. Ushbu keng tarqalgan moddalar asosidagi ozuqaviy kukunni 2021 yilda ommaviy ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Greentechmedia nashri ma'lum qildi. 

Solar Foods kompaniyasi Xelsinki yaqinida ushbu loyihani amalga oshirish uchun 1,1 mln dollarlik sarmoya oldi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya o‘zidan suvni eletroliz qilish yordamida vodorod olishni aks ettiradi. Vodorod foydali mikroblar uchun ozuqa bo‘ladi. Mikroblarga termik ishlov berilib, ozuqaviy aralashma olinadi. 

Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, olinadigan mahsulot ozuqaviyligi bo‘yicha  dengiz suvo‘tlari yoki soyadan qolishmaydi. U quruq sutga o‘xshash bo‘ladi. Kukunni ratsionni oqsil bilan boyitish yoki ma'lum muddatga yegulik uchun yechim sifatida qo‘llash mumkin bo‘ladi.   

Kompaniyaning fikricha, bunday ishlab chiqarishni tiklanuvchi energiya mavjud istalgan joyda yo‘lga qo‘yish mumkin. Kompaniya aralashmani Yevropaning mahsulotlar xavfsizligi komissiyasidan tegishli litsenziyani olgach, 2021 yildan ommaviy ishlab chiqarmoqchi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid