Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada jang qilgan va sudga tortiladigan rossiyalik generalning qanday hayot kechirgani aytildi
Suriyadagi mojaroda ishtirok etayotgan tomonlarni yarashtirish markazi sobiq rahbari, general-leytenant Sergey Chvarkovning advokati so‘zlariga ko‘ra, u firibgarlik haqidagi ayblovlarga qaramay, «juda kamtarona hayot kechiradi». Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«General-leytenant Chvarkovning davlatini tekshirish shuni ko‘rsatdiki, unda hech qanday uylar, yer uchastkalari, yaxtalar, oltin yombilari, qimmatbaho soatlar yo‘qdir, shuningdek, u suratlar kolleksiyasiga ham egalik qilmaydi», - deydi advokat Pavel Lapshov.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, general oilasining daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya ham hech qanday ma'lumot bermadi, chunki uning oilasi davlat nafaqasi hisobidan yashaydi.
«Qimmatbaho mashinalar ham yo‘q. U va uning oilasida aniqlanmagan hisoblardan maxfiy omonatlar ham topilmadi, generalga qandaydir foyda berishga uringan «noma'lum» shaxslar ham aniqlanmadi», - deya qayd etib o‘tdi Lapshov.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, generalning turmush o‘rtog‘i nevropatolog vrach bo‘lib ishlaydi va davlatdan yordam oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sergey Chvarkov sudga tortilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026