Jahon | 08:17 / 23.11.2018
14001
1 daqiqa o‘qiladi

O‘smir haydovchilik guvohnomasini olgandan 49 daqiqa o‘tib undan mahrum etildi 

Foto: Getty Images

Germaniyada o‘smir, ko‘rinishicha, haydovchilik guvohnomasidan eng tez mahrum etilish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. O‘smir guvohnomani olgandan 49 daqiqa o‘tib, undan ayrilgan. 

Politsiyada kinoya qilib, ba'zi narsalar abadiy, ba'zilari esa bir soatdan kamroq davom etishini aytishgan. Politsiyaning ma'lum qilishicha, o‘smir “quvonchli onlarni” do‘stlari bilan nishonlashga qaror qilgan va guvohnomani olishi bilan 4 do‘stiga avtomobilda sayr qilishni taklif qilgan. 

Natijada yo‘l politsiyasi o‘smirning belgilangan tezlikni 45 km/soatga oshirganini qayd qilgan. O‘smirga 200 dollar jarima yozib berilgan va guvohnomasi 4 haftaga olib qo‘yilgan. 

Mavzuga oid