23 noyabr kuni jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyati Urgut tuman sudida sudya Akmal Ahmadovning raisligida bölib ötgan oçiq sud majlisida Qaşqadaryo viloyat Qarşi tuman IIB boşliği lavozimida işlagan çoğida sodir etgan jinoyati uçun Jahongir Rajabovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi körib çiqildi.

J.Rajabov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan ayblangan.

Çunonçi, J.Rajabov Qarşi tumanidagi III sektor rahbari sifatida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş uçun mas'ul bölsa-da, uşbu vakolatlaridan zöravonlik va boşqa ğarazli niyatlarda foydalangan.

2018 yil 12 iyunda tuman hokimligida davlatga ğalla topşiriş rejasini bajarmagan fermer xöjaliklari rahbarlari iştirokidagi yiğilişda özi rahbarlik qilgan III sektorda joylaşgan bir neça fermerlarni muttasil kaltaklab kelgan. Jumladan, tumandagi «Olim-Oybek-Dildora» f/x rahbari A.Nazarov, «Zulfiqor bobo nabirasi Bahodir» f/x rahbari B.Törayev hamda «Toşev Muxtor Eşdavlat öğli» f/x rahbari B.Toşev «Abduğofurov Muhammad Rahmatullayeviç» f/x rahbari R.Xöjaqulov, «Nozimbek-Atham-Oğabek» f/x rahbari Ş.Babanov, «Zoir ota öğli Abdusalom» f/x rahbari S.Zayirov, «Çöliböston körki» f/x rahbari A.Qorjovov, «Jaloliddin Ozodbek Sevinç» f/x rahbari M.Toşev, «Norpulat bobo öğli Başir» f/x rahbari I.Ostonovni ğalla rejasini bajarmayotganligini rökaç qilib, qonunga xilof ekanligini bila turib, mansab vakolati doirasidan çetga çiqib, qasddan ularning yuz qismlariga qöllari bilan urib, oyoqlari bilan tepib, haqorat qilganligi oqibatida fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazgan.

Bundan taşqari, J.Rajabov 2018 yil 12 mayda Qarşi tumani «Çarağil» mahallasida joylaşgan paxta qabul qiliş maskanida fermer xöjaligi rahbarlari bilan ötkazilgan yiğilişda tumandagi «Nafisa-Munisa-E'zoza» fermer xöjaligi rahbari Nafisa Kenjayeva undan uşbu sektor rahbari sifatida suv berilişiga amaliy yordam körsatişini söraganida, mansab vakolatidan çetga çiqib, qasddan uning yuziga ikki-uç marta qöllari bilan urib, uning huquqlari va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazgan.