Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengaşi sessiyasida taşkiliy masala körib çiqildi. Unda prezident Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi.

«Biz yurtimizda inson qadrini uluğlaş, iqtisodiyotni barqaror östiriş orqali aholi farovonligini oşiriş böyiça katta-katta marra va rejalarni olyapmiz. Bu işlarni taşkil qiliş uçun viloyatga zamonaviy fikrlaydigan, muammolarni tizimli tahlil qilib, innovatsion yeçim bera olişga salohiyatli rahbar kerak», dedi davlat rahbari.

Prezident Samarqand viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Adiz Boboyev nomzodini tavsiya etdi.

Viloyat faollarining nomzod haqidagi fikrlari tinglangaç, viloyat hokimini tayinlaş masalasi ovozga qöyildi. Ovoz beriş natijalariga köra, Adiz Boboyev viloyat hokimi etib tasdiqlandi.

Prezident yangi hokimga u iş örni yaratiş, kambağallikni qisqartiriş, investitsiya va eksportni köpaytiriş, tannarxni kamaytiriş va energiya tejamkorlikni oşiriş böyiça Samarqandni namunali hududga aylantirişi şartligini körsatib ötdi.

Adiz Boboyev 2024 yil 28 noyabrda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan edi.