Past Darğom tumanidagi Kamolot mahallasi ahli keçasi tarqaladigan noodatiy tutundan aziyat çekib kelgan. Tutun quyuq, hidi ötkir, atrofdagi havo tun böyi ketmaydigan darajada ifloslangan.
Mahalla va jamoatçilikning murojaatidan söng, tuman hokimligi hududda örganiş olib borgan.
Ma’lum bölişiça, “Ismoil Zaxro” MÇJ avtomaşina ballonlarini yoqib, çorva mollari uçun yemiş tayyorlab kelgan. Samarqand şahrining “Super” hududiga yaqin joydagi bu holatdan şahar aholisi ham aziyat çekkan.
Past Darğom tumani hokimi örinbosari Aziz Ğafurovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, tadbirkor bu hududni töliq yopib olgan, bir neça oy davomida işçi guruhni içkariga kiritmagan. 3 dekabr kuni ötkazilgan örganişga mutasaddi taşkilotlarning barçasi jalb etilgan. Natijada, 40 sotixli yopiq hududda tadbirkor çöçqa boqib kelayotgani aniqlangan.


Tuman hokimligi bu holat tezkorlik bilan töxtatilgani va tegişli şaxslarga nisbatan belgilangan tartibda huquqiy çoralar körilişini bildirdi.
Viloyat ekologiya boşqarmasi axborot xizmati rahbari Şerali Iskandarovga köra, tadbirkor 2 yil davomida bu yerda çöçqa boqib kelgan. Hayvonlarga ozuqa tayyorlaş maqsadida keçasi maşina ballonlarini yoqqan. Biznes ombudsmanga xat bilan murojaat va taşkilot javob xatiga asosan, tadbirkorga nisbatan qonunda belgilangan tartibda çora köriladi.



Dastlabki ma’lumotlarga köra, korxona uşbu turdagi faoliyat bilan şuğullaniş uçun ekologiya organi va sanitariya-epidemiologiya markazidan ruxsat olmagan.
Kun.uz manbasiga köra, çöçqalarni oziqlantiriş evaziga havoni ifloslantirib kelgan “Ismoil Zaxro” MÇJning 2024 yildagi rasmiy aylanmasi 400 ming söm, 2025 yilda esa 1 mln söm bölgan. Korxonaning soliq qarzdorligi esa 60 million sömdan ortiq.












