O‘zbekiston | 14:26 / 24.11.2018
10050
2 daqiqa o‘qiladi

Maktabgacha ta'limda davlat-xususiy sheriklik shakllarini yanada kengaytirish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi 

Foto: KUN.UZ

Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram-kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq davlat xususiy sheriklik xususiy sherikning tashabbusi bilan tanlov o‘tkazilmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish orqali amalga oshiriladi.

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etmoqchi bo‘lgan talabgor Maktabgacha ta'lim vazirligiga ariza beradi. 

Ariza 15 kunda ko‘rib chiqiladi va loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topilsa 7 kunda amal qilish muddati 30 yil bo‘lgan bitim tuziladi.

Shuningdek, hududdagi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining maktabgacha ta'lim muassasasini qurish bo‘yicha salbiy xulosalari bo‘lsa loyihalar 3 kun ichida rad etiladi.

Bundan tashqari, nizom bilan davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda tomonlarning huquqlari va majburiyatlari belgilandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid