Sport | 21:12 / 24.11.2018
3000
2 daqiqa o‘qiladi

RPL. «Orenburg» g‘alaba qozondi, Afonin to‘liq o‘ynadi

Rossiya chempionati 15-turidan o‘rin olgan 2ta o‘yin yakunlandi. 

«Orenburg» o‘z maydonida «Ufa» bilan bellashdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol 80-daqiqada Sutormin tomonidan urildi. Hamyurtimiz Vadim Afonin mezbonlarning asosiy tarkibida tushib, o‘yin oxiriga qadar harakat qildi.

Bu natijadan so‘ng, «Orenburg» 22 ochko bilan 7-o‘rinda boryapti.

«Dinamo» o‘z uyida «Yenisey»ga 1:2 hisobida yutqazdi.

RPL, 15-tur
24 noyabr

Dinamo – Yenisey 1:2
Gollar: 0:1 – 3 Komkov, 1:1 – 53, penalti Joaozino, 1:2 – 55 Yatchenko. 

Orenburg – Ufa 1:0
Gol: 1:0 – 80 Sutormin. 
Orenburg – Dovbnya, Begich, Andreyev, Terexov, Sivakov, Malyarov, Afonin, Popovich (Rikardu Alvesh, 80), Malix, Despotovich (Kozlov, 79), Sutormin.
Ufa – Belenov, Nedelcharu, Putsko, Alikin, Jivoglyadov, Paurevich, Sysuyev (Bizyak, 32), Salatich (Krotov, 86), Till, Krugovoy, Igboun.
Ogohlantirishlar: Alikin (52), Belenov (59).
Chetlatish: Alikin (59).

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid