Toşkentning «Lokomotiv» klubi Vadim Afonin transferini e'lon qildi. 

20 fevral kuni Rossiya Premer-ligasining «Orenburg» klubini tark etgan Vadim Afonin oradan 7 yil ötib, Özbekistonga qaytib, «Lokomotiv» klubi bilan şartnoma imzolagan.

Faoliyatining 2005 yildan Toşkentning «Traktor» klubi safida boşlagan Afonin ötgan yillar davomida Rossiyaning «Rubin», «Salyut», «Anji», «Orenburg» klublarida töp surgan. Şuningdek, 2009-2012 yillarda «Şörtan» safida harakat qilgandi.

Ma'lumot uçun, 32 yoşli yarimhimoyaçi joriy mavsumda Rossiya çempionatida jami 10ta öyinda maydonga tuşgandi. Ikkinçi davra oldidan Orenburg klubi hamyurtimiz bilan xayrlaşganligini e'lon qilgandi.