Rossiyani Interpoldan chiqarib turish taklif qilindi
Hermitage Capital fondi asoschisi Uilyam Brauder Kanada hukumatiga Rossiyaning Interpolga a'zoligini to‘xtatib turish tashabbusi bilan chiqishini so‘rab murojaat qildi. U bu haqda CBC telekanaliga ma'lum qildi.
Rossiyada sirtdan ozodlikdan mahrum qilingan Brauderning aytishicha, Interpolning ta'sis hujjatida tashkilot ustavini buzgan davlatlarning a'zoligini to‘xtatib turish haqidagi modda mavjud. Brauderning ta'kidlashicha, Moskvaning uni hibsga olish haqidagi so‘rovi «siyosiy tusda» bo‘lib, bu Interpol qoidalariga mos kelmaydi.
19 noyabr kuni Rossiya bosh prokuraturasi auditor Sergey Magnitskiy Brauderning buyrug‘i bilan o‘ldirilganini bildirdi.
«Magnitskiy va Brauderning boshqa jinoiy sheriklari alyuminiy aralashmali kimyoviy moddalar yordamida zaharlangan bo‘lishi mumkin», — deyiladi bosh prokuratura bayonotida.
Rossiyada Brauder 2013 yilda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash ishi bo‘yicha sirtdan to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Bu ishda shuningdek, fond yuristi Sergey Magnitskiy ham ishtirok etganligi ta'kidlangan.
Mavzuga oid
23:39 / 12.11.2024
Bangladesh Interpoldan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olishda yordam so‘radi
23:05 / 06.11.2024
Braziliyalik politsiyachi Interpol rahbarligiga saylandi
18:07 / 02.08.2024
Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik Qirg‘izistonda qo‘lga olindi
19:02 / 19.01.2024