Özbekiston paxta dalalarida hosilni yiğib terib olişda majburiy mehnatga yöl qöyiş holatlari keskin ravişda kamaygan. Bolalar mehnati borasida esa, oldingi yillarda bölganidek, xavotirga örin qolmagan. Xalqaro mehnat taşkilotining Özbekiston dalalarida faoliyat yuritgan kuzatuvçilari şunday fikrda, deb xabar bermoqda KUN.UZ muxbiri. Bu haqda 21 noyabr kuni Wyndham mehmonxonasida bölib ötgan tadbirda ma'lum qilindi.

Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT) monitorlarining aytişlariça, Özbekistonning aksar paxta dalalarida majburiy mehnatga batamom barham berilgan. 2018 yilda paxta terimiga jalb etilganlarning 93 foizi ixtiyoriy ravişda paxta tergan. Talaba, öqituvçi, vraç va hamşiralar paxtaga mutlaqo jalb etilmagan. Şunga qaramay, kuzatuvçilarning qayd etişlariça, ayrim holatlarda davlat taşkilot va idoralari xodimlari paxtaga çiqarilib, terimda iştirok etganligi kuzatilgan.
Ötgan yillarda paxta terimida katta muammo deb e'tirof qilingan bolalar mehnatiga esa butkul barham berilgan.
«2018 yil Özbekiston uçun köpgina yönalişlarda sinov böldi, – deydi XMTning Iş joylarida fundamental tamoyillar va huquqlar byurosi boşliği Beate Andreyes. Bir yil oldin Prezident Mirziyoyev BMT minbaridan turib, hukumat XMT va Jahon banki bilan birgalikda paxta terimida bolalar va majburiy mehnatga barham beriş haqida majburiyat olişini ta'kidlab ötgan edi. Uşbu siyosiy majburiyatni röyobga çiqariş maqsadida bir qator tuzilmaviy özgarişlar röy berdi va işçi kuçi yollaş borasida islohotlar amalga oşirildi. XMT kuzatuvçilari uşbu çora-tadbirlar öz samarasini berganini va odamlar joylarda buni haqiqatda his etayotganini ta'kidladilar».

Özbekistonda odamlarni paxta terimiga jalb etiş – dunyodagi eng yirik işga yollaş amaliyoti bölib, unda qariyb 2,6 million kişi mavsumiy terim işlariga jalb etiladi. Garçi sönggi yilarda paxta ekin maydonlari qisqartirilgan bölsa-da, uşbu ekin hamon mahalliy aholi, ayniqsa qişloq ayollari uçun qöşimça daromad manbai bölib qolmoqda.












