Jamiyat | 20:20 / 26.11.2018
22516
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«TOMChI» – O‘zbekistonda sug‘orish muammolarini hal qilishda yangicha yechim

Kecha 26 noyabr kuni Toshkentdagi “Radisson Blu” mehmonxonasida suv tejamkorligi masalalariga jamoatchilik e'tiborini jalb qilish maqsadida taqdim etilayotgan “TOMChI” mobil ilovasining taqdimot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Taqdimot konferensiyasida ishtirok etgan Kun.uz muxbiri shu haqda xabar berdi.

Foto: TOMChI

Konferentsiyada O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ravshan Mamutov, Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili Sohibjon Akramov, Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi GEF agentligi rahbari Vadim Sokolov va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi.

Mazkur taqdimotda so‘zga chiqqan Institutsional rivojlantirish bo‘yicha loyiha koordinatori Birodarjon Burhonjonov mobil ilovaning yaratilishidan ko‘zlangan maqsad va undan foydalanish bo‘yicha batafsil ma'lumot berdi. 

“TOMChI” ilovasini Google Play ilovalari do‘konlaridan yuklab olish mumkin.

Taqdimot konferensiyasi davomida tashkilotchilar “TOMChI” mobil ilovasi tanlovi o‘tkazilishi haqida ham ma'lumot berishdi. Unga ko‘ra, tanlovda ishtirok uchun:

1. Mobil ilovani “App Store” va “Google Play” do‘konlaridan bevosita, yoki QR-kodidan foydalangan holda yuklab olish;

2. Ilovani yuklab olishda ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Tanlovda g‘oliblarga mukofot sifatida ilova yuklangan smartfonlar taqdim etiladi.

Shuningdek, foydalanuvchilarda oliy mukofot (“super-priz”) uchun tanlovda ishtirok etish imkoniyati ham mavjud. Oliy mukofot – Gran-Pri yutgan ikki nafar ishtirokchi Chexiya Respublikasiga yo‘llanma bilan taqdirlanadi.

Tanlov haqida to‘liq ma'lumotni olish uchun quyidagi suratni bosing:

— Mazkur mobil ilovadan fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari, qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarida ishlayotgan mutaxassislar, tarmoq oliy o‘quv yurtlarining talabalari va professor-o‘qituvchilari, suv resurslarini boshqarish masalalariga bevosita aloqador bo‘lgan keng jamoatchilik foydalanishi mumkin, — dedi Birodarjon Burhonjonov. — Suv xo‘jaligi vazirligi tuzilmalari mutaxassislari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik jarayonlarida kerakli axborotlarning yetishmasligi, ayniqsa bu jarayon suv tejash texnologiyasida tez-tez ko‘zga tashlanib turishi ma'lum bo‘ldi. Aynan mana shu omillar “TOMChI” ilovasining ishlab chiqilishiga sabab bo‘ldi, — deya ta'kidladi u.

Foto: TOMChI

Suv tejamkorligi masalalariga jamoatchilik e'tiborini jalb qilish maqsadida taqdim etilayotgan mazkur “TOMChI” (tezkor va oson miroblarning cho‘ntak ilovasi) mobil ilovasi Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan beg‘araz moliyalashtirilgan va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.

O‘tgan yillar davomida Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi yordami bilan tashkil etilgan fermerlar dala maktabi muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Suvdan foydalanuvchilar va suv xo‘jaligi tashkilotlarining irrigatsiya tizimi va ekin maydonlari miqyosida suv resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari mustahkamlanmoqda. Shuningdek, suv xo‘jaligi tarmog‘i xodimlarining kasbiy bilimlarini oshirish ishiga ham munosib hissa qo‘shmoqda.

Foto: TOMChI

“TOMChI” ilovasi fermerlar, suv xo‘jaligi tashkilotlari xodimlari va boshqa suvdan foydalanuvchilar, shuningdek, sug‘orishda suv tejamkorligi texnologiyasi ishlab chiqaruvchi va o‘rnatuvchi tadbirkorlar uchun ham mo‘ljallangan.

“TOMChI” – innovatsion mahsulot. Uning imkoniyatlari juda keng. Masalan, ilova sug‘orishda tejamkorlik metodlari haqidagi axborotlarga tezkorlik bilan ega bo‘lish, ularning afzalliklarini tushuntirish hamda suv tejamkorligi texnologiyasini joriy etishning taxminiy bahosini hisoblash imkonini beradi. Mazkur texnologiya ishlab chiqaruvchi va iste'molchilar o‘zaro aloqasining yagona axborot maydoni sifatida xizmat qiladi hamda foydalanuvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni ta'minlaydi.

Ilova foydalanuvchilari uchun ixcham va qulayligi, ta'sir doirasining kengligi, shaffofligi va soddaligi bilan ajralib turadi. Dasturda tejamkor texnologiya bahosini hisoblaydigan kalkulyator bo‘lib, u tomchilatib, yomg‘irlatib, ko‘chma egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish va boshqa texnologiyalarni joriy etish xarajatlarini hisoblab berish imkoniyatiga ega.

Mobil ilovada keltirilgan ma'lumotlar ko‘p bo‘lishiga qaramasdan o‘zi ixcham va foydalanuvchilar uchun juda qulaydir.

Sug‘orish tizimidagi tejamkorlik metodlari haqidagi axborotlarga tezkorlik bilan ega bo‘lib borish uchun “TOMChI” mobil ilovasini ushbu manzildan yuklab olish mumkin.

Ilovadan ba'zi namunalar

Foto: TOMChI
Foto: TOMChI
Foto: TOMChI
Foto: TOMChI
Foto: TOMChI
Foto: TOMChI
Foto: TOMChI
Foto: TOMChI
Foto: TOMChI
Foto: TOMChI

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid