KUN.UZ saytida e'lon qilingan, Şuhrat Şokirjonov muallifligidagi «Majburiy obuna sxemasi. Muştariyga majburan tiqiştirilayotgan naşrlardan nima naf?» maqolasidan parça:

«Töğri-da, jon kuydirib işlaş örniga, bir-ikki oy davomida qayerdadir yaxşi gapirib, ayrim joylarda yalinib, qayerdadir döq-pöpisa bilan işni bitirib, obunadan bir yil mobaynida mayda çaynab yeyişga yetadigan mablağ töplaş — ba'zi tahririyatlarning asosiy işi bölib qolgan. Obuna qay tarzda uyuştirilayapti, pul qanday yiğilayapti, muştariy rozimi oyligidan şu pulni berganiga, özi unga qiziqmi şu naşrni öqiş — yigirmançi örindagi masala».

Hurmatli Şuhrat Şokirjonov, juda töğri, hayajonli satrlarni yozibsiz, rahmat. Obunadan bir yil mobaynida mayda çaynab yeyişga yetadigan mablağ töplaşdan boşqa asosiy işi bölmagan tahririyatlarda işlaydiganlar sizning bu kibrona gaplaringizni öqib şunçalar bekorçi iş bilan (ya'ni, boşqalar hisobidan kun köriş) band ekanliklaridan uyalib şu kunlarda tezda kasblarini özgartirsalar ajabmas. Siz va «Davriy naşrlar kerakmi?» deya har yili obuna mavsumida zavq bilan jar soladiganlar xursand bölsa böldi...

«Gadoning duşmani gado böladi», deganlaridek har yili obuna mavsumi boşlanar boşlanmas, sizga öxşagan ba'zi kalondimoğ jurnalistlar gazeta-jurnallarda işlovçi hamkasblariga qarşi tayoq kötarib maydonga çiqişadi, vajohatlaridan göyo şusiz ham deyarli yöq böliş arafasida turgan tahririyatlarni ustidan kulib, kaltaklab butunlay jamiyat hayotidan öçirib taşlaşsa «qahramonga» aylanişadi...

Xohlagança qahramon bölavering, faqat birovni haqorat qiliş evaziga emas!

Endi vijdonan ayting, zör jurnalist ekansiz, şu darajaga yetişişingizda davriy naşrlarni sal bölsayam hissasi yöqmi? Ikki enlik maqolangiz yoki tört satr şe'ringiz ilk bor gazetada çop etilganida xursand bölgandirsiz? Ilk maşqlaringizni — sizning ta'biringiz böyiça «tekinxör» — ustoz jurnalistlar körib çiqib biror maslahat bergandir, töğri yöl körsatgandir yoki siz birdaniga şu darajaga yetib, saytdan turib boşqa hamkasblaringizga past nazar bilan qarayapsizmi?!

«Tumanga gazeta kerakma-a-a-as!», deya iddao qilişdan oldin qiziqib kördingizmi: tumanda yaşovçi fuqarolar gazeta yopilişidan qay darajada manfaatdor bölişadi?!

Oddiy bir e'lon beriş uçun (korxonani yopiş, yöqolgan guvohnomalarni qayta tiklaş va boşqalar) saytga murojaat etib, har holda tartib-qoidani ijtimoiy tarmoq orqali rasmiylaştirmasa kerak? Mayli, bu qonun-qoidalarga ham biror özgartiriş, taklif kiritib yangiça tartib berarsiz balki, lekin umid bilan tahiriyat ostonasini hatlab keladigan yoşlarga kim ustozlik qiladi?!