Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Dushanbe tanaffus oldi: savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi qoldirildi
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning dekabr oyi o‘rtalariga mo‘ljallangan navbatdagi yig‘ilishi keyingi yilga qoldirildi.
Ikki davlat bosh vazirlari Kohir Rasulzoda va Abdulla Aripov hamraisligidagi komissiya yig‘ilishi kelasi yilning birinchi choragi oxiriga ko‘chirildi. Bu haqda «AP» Tojikiston hukumatining iqtisodiy blokidagi manbaga asosan xabar berdi.
«Yig‘ilishni kechiktirishning sababi shundaki, bugungi kunda Toshkent va Dushanbe o‘rtasida hal qilinmagan munozarali masalalar mavjud emas, ikki davlatning barcha yo‘nalish va sohalardagi munosabatlari jadal rivojlanib bormoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi manba.
Tojikiston Statistika agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi joriy yilning to‘qqiz oyida qariyb 218 million AQSh dollarini tashkil qildi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 2,4 barobarga ko‘p. Tojikiston ushbu davrda O‘zbekistonga 126,2 million dollarlik tovar yetkazib berdi va O‘zbekistondan 91,7 million dollarlik tovar import qildi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
17:52 / 04.12.2024