Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki va Yevropa ittifoqi delegatsiyasining qo‘shma missiyasi O‘zbekiston bo‘yicha xulosa taqdim etadi
2018 yil 27 noyabr kuni Oliy Majlis Senatida Byudjyet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Muhammad Jumagaldiyevning davlat xarajatlarini baholash va moliyaviy hisobdorlik bo‘yicha Jahon banki va Yevropa ittifoqi delegatsiyasining qo‘shma missiyasi a'zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, navbatdagi uchrashuv davlat xarajatlari va moliyaviy hisobot PEFA talablari va standartlariga muvofiq mamlakatda moliya va byudjyet intizomini, byudjyet resurslari hamda moliyaviy xizmatlarni taqsimlash samaradorligini baholash bo‘yicha joriy yilda Qo‘shma missiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning davomi bo‘lgani ta'kidlandi.
Uchrashuvda mamlakat moliya tizimini davlat tomonidan nazorat qilishni takomillashtirish masalalari muhokama etildi. Davlat moliya nazorati har qanday davlat fiskal tizimi muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishining majburiy sharti, ushbu tizimni boshqarishning bosh vazifasi ekani qayd etildi.
Tomonlar ta'kidlaganidek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar davlat va jamoatchilik uchun moliyaviy hisobotning xalqaro mezonlari va standartlari (International Public Sector Accounting Standards, IPSAS) asosida byudjyet jarayonini tashkil etish zaruratini keltirib chiqarmoqda, mamlakatdagi byudjyet jarayonlari tegishli tuzilmalar va jamoatchilikning e'tiboriga ochiq, tushunarli shaklda taqdim etilishi lozim.
Uchrashuvda asosiy e'tibor audit bo‘yicha hisobotlarni qonunchilik darajasida nazorat qilishga qaratildi. “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, shuningdek Auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) bu yo‘nalishdagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanishi ta'kidlandi.
Uchrashuvda audit bo‘yicha hisobotlar nazoratini, tekshiruv natijalari yuzasidan eshituvlarni o‘tkazish va audit bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash vaqtiga oid turli masalalar muhokama etildi.
Jahon banki va Yevropa ittifoqi delegatsiyasining qo‘shma missiyasi joriy yil 7 dekabrgacha o‘z ishini davom ettiradi va uning yakunlari bo‘yicha tegishli xulosa taqdim etadi.
Mavzuga oid
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
11:25 / 24.03.2026
Jahon banki Surxondaryoda yo‘l qurishga 200 mln dollar ajratadi
10:09 / 24.02.2026