O‘zbekiston | 13:18 / 28.11.2018
32463
3 daqiqa o‘qiladi

Foto: Mudofaa vazirligi qo‘shinlarini to‘satdan tekshirish davom etmoqda. Qo‘shinlar o‘quv-jangovar vazifalarni bajarish punktlariga tashlandi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, 26 noyabr erta tongda Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘quv trevogasi bo‘yicha ko‘tarilgan bo‘lib, hozirda ham uning doirasidagi tashkiliy tadbirlar davom etmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Mamlakat Mudofaa vazirligi qo‘shinlari jangovar shayligini majmuaviy tekshirishning ikkinchi bosqichida jangovar harakatlarni bajarishda belgilangan punktlarga shaxsiy tarkib hamda harbiy texnikalarning avtomobil va temiryo‘l texnikasi yordamida olib o‘tilishi bilan qo‘shinlarning tezkorligi hamda shayligi namoyish etildi.

Shunday qilib, Mudofaa vazirligi qo‘shinlari sakkizta poligonga joylashtirildi. O‘quv mashg‘ulotlari bo‘yicha navbatdagi harakatlar «Sho‘rsu», «Angren», «Forish», "Kattaqo‘rg‘on", «Nuriston», «Termiz» va «Nukus» poligonlarida bo‘lib o‘tyapti, harbiy okruglarning birlashgan guruhlari ochiq hududga joylashtirildi va maxsus operatsiyalarni o‘tkazish rejalashtirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Razvedka ma'lumotlari asosida kuch va vositalarning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Mobil boshqaruv punktlarida ishlar uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

Bo‘linmalarni boshqarish va harakatlarini muvofiqlashtirishda eng muhim jihat — bu, shubhasiz, barqaror aloqaning tashkil ekani. Qo‘shinlarda aloqaning uzluksizligi ta'minlangan va muntazam qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shu kunning o‘zida shturm hamda qo‘nish imkoniyatiga ega aviatsiya texnikalari yordamida shaxsiy tarkibni desantlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi, jangovar samolyot va vertolyotlar asosiy aerodromlardan zaxiradagi harbiy okruglarning aerodromlariga olib o‘tildi. Kuch tuzilmalarining boshqaruv organlari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatildi.

O‘ta muhim va toifalangan obektlarni qo‘riqlash va himoya qilishda qo‘riqlov bo‘linmalari jangovar holatda xizmatni amalga oshirishiga o‘tkazildi.

Jangovar vazifalarni bajarish punktlarida alohida o‘quv hududlari tashkil etildi, bu yerda harbiy xizmatchilar o‘zlarining jangovar tayyorgarlik borasida ko‘nikmalarini oshiryapti.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Mavzuga oid