Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyada prezident saylovlarining 2-turi bo‘lib o‘tmoqda
Gruziyada prezident saylovlarining 2-turi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ikki nomzod – hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi vakili Salome Zurabishvili va muxolif “Yagona milliy harakat” partiyasidan Grigol Vashadze ishtirok etmoqda.
Saylovlarning 1-turida 25 nomzod ishtirok etgan, biroq ulardan birortasi ovozlarning yarmidan ko‘pini to‘play olmagan. Eng yaxshi natijalarga Zurabishvili (38,6 foiz ovoz) va Vashadze (36,7%) erishgan. Shu sababli 2-tur belgilangandi. Saylovlarda butun dunyo bo‘ylab 3,5 mln gruziyalik ishtirok etishi mumkin.
Amaldagi prezident Georgiy Margvelashvili saylovlarda ovoz berib bo‘ldi. Ma'lum qilinishicha, u saylov uchastkasiga piyoda kelgan.
Ta'kidlanishicha, byulletenlar gruzin, arman va ozarboyjon tillarida bosilgan.