Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qoncha innovatsiya: Avtobusda til o‘rganish
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida «aqlli avtobus»lar qatnamoqda.
FizMat o‘quv markazi hamda Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalari B. Hayitov, X Yunusov, A Inomjonov va U Isroilov tomonidan innovatsion loyiha hayotga tatbiq etildi.
«Mazkur loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqimizning xorijiy tillarga bo‘lgan munosabatini yaxshilashdan iborat. O‘z nomidan ma'lumki, «aqlli avtobus»da o‘rindiqlarga kundalik turmushda eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlar ingliz va o‘zbek tillarida yozilgan lug‘aviy kartinkalar o‘rnatilgan. Endilikda, odamlarimiz o‘z manzillariga ketish jarayonida ingliz va rus tillarini o‘rganib ketishlari mumkin», deyiladi mualliflar izohida.


Ma'lumot uchun, shaharda 2019 yilning sentabr oyida hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi.
Bu loyiha qo‘qonliklarga festival vaqtida tashrif buyuradigan sayyohlar bilan muloqot qila olishi uchun xorijiy tillarni o‘zlashtirishida katta yordam berishi ko‘zda tutilgan. Kelgusida Smart Bus loyihasini yanada rivojlantirish maqsadida koreys va nemis tillarini ham qo‘shish rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
08:32 / 21.05.2026
O‘zbekiston Buxoro va Qo‘qondagi tarixiy saroylarni restavratsiya qiladi
17:13 / 29.04.2026