Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Qozog‘istonning 8 fuqarosi AQShda yirik firibgarlikda ayblanmoqda
Foto: REUTERS
Rossiya va Qozog‘istonning 8 fuqarosi AQShda 36 mln dollarlik internet-firibgarlikni amalga oshirishda ayblanmoqda. Bu haqda Nyu-York prokuraturasi bayonotida ma'lum qilingan.
Ushbu ish bo‘yicha rossiyalik Aleksandr Jukov, Boris Timoxin, Mixail Andreyev, Denis Avdeyev, Dmitriy Novikov, Aleksandr Isayev va qozog‘istonlik Sergey Ovsyannikov hamda Yevgeniy Timchenko o‘tmoqda. Ovsyannikov, Jukov va Timchenko mos ravishda Malayziya, Bolgariya va Estoniyada qo‘lga olingan va AQShga ekstraditsiya qilinishlarini kutmoqdalar. Qolganlar esa ozodlikda qolmoqda.
Ayblov xulosasida ta'kidlanishicha, 2014 yil sentabrdan 2016 yil dekabrgacha davrda Jukov, Timoxin, Andreyev, Avdeyev va Novikov reklama tarmog‘ini (Reklama tarmog‘i № 1) boshqarib, Ovsyannikov ko‘magida reklama bilan raqamli firibgarlik sxemasini amalga oshirishgan.
Ta'kidlanishicha, bu sxema natijasida reklamaning milliardlab marta namoyish qilinishi qalbakilashtirilib, bu uchun kompaniyalardan 7 mln dollardan ko‘proq pul olingan. Aslida esa ushbu reklamani real foydalanuvchilar hech qachon ko‘rishmagan.
“Reklama tarmog‘i №2” deb nomlangan ikkinchi sxema 2015 yil dekabridan 2018 yil oktabrigacha amal qilgan. Uni Ovsyannikov, Timchenko va Isayev boshqargan va yuqoridagi kabi usul bilan 29 mln dollardan ko‘proq daromad olishgan.
Mavzuga oid
20:54 / 12.01.2026
Armaniston TIV targ‘ibotchi Solovyov bayonotlari tufayli Rossiya elchisini chaqirtirdi
18:18 / 12.01.2026
Rossiya-Ukraina urushi davomiyligi bo‘yicha SSSR-Germaniya urushiga tenglashdi
15:58 / 12.01.2026
GUR: Rossiya ilk bor Ukrainaga “Geran-5” hujumkor dronlari bilan hujum qildi
16:59 / 10.01.2026