Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag‘batlantirish bo‘yicha farmon qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 29 noyabr kuni «Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Hujjatda mamlakatimiz eksport salohiyatini kengaytirish, eksport qiluvchi tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, raqobatbardosh eksport mahsulotlari ishlab chiqarishning ko‘paytirilishini rag‘batlantirish maqsadida, 2019 yil 1 yanvardan boshlab, eksportchi korxonalarga imtiyozlar joriy qilingan.
Xususan, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni, shu jumladan, komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport ulushi 15 foizdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani:
- tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksportga realizatsiya qilish hajmiga to‘g‘ri keladigan foyda qismi yuzasidan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha;
- tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksportga realizatsiya qilish hajmiga to‘g‘ri keladigan qismi yuzasidan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha kamaytirishi mumkinligi belgilangan.
Ammo, bu imtiyozlar xomashyo tovarlarini eksport qilishga, shuningdek, xalqaro tashishlar (avtotransportdan tashqari) hamda uzatish quvurlari va gaz quvurlari orqali yetkazib berish xizmatlariga nisbatan tatbiq etilmasligi qayd qilingan.
Imtiyozlarning qo‘llanilishi natijasida to‘lanmagan mablag‘lar quyidagi hollarda qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblangan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetiga undirilishi belgilangan:
- tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti faktini qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda;
- tovarlar eksport rejimiga chiqarilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida valyuta tushumi ta'minlanmaganda.
Farmon bilan Moliya vazirligiga yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasini ishlab chiqishda ushbu Farmonga muvofiq berilayotgan imtiyozlarni nazarda tutishi haqida ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi ushbu Farmonga muvofiq imtiyozlarni qo‘llash ustidan tizimli nazorat o‘rnatishi shartligi qayd qilingan.
Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri A.N.Aripov, prezident administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov, prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov va bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklatildi.
Mavzuga oid
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
18:07 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Suriyaga mahsulotlar eksporti boshlanadi
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
16:36 / 29.05.2026