Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Mudofaa vazirligi qo‘shinlari shartli dushmanni yo‘q qildi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
26 noyabr kuni boshlangan Mudofaa vazirligi qo‘shinlarini qo‘qqisdan majmuaviy tekshirishning uchinchi bosqichida harbiy okruglarning birlashgan guruhlari mamlakat hududini himoya qilish bo‘yicha o‘quv-jangovar vazifalarni bajardi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Kun davomida qo‘shinlar alohida yo‘nalishdagi mudofaa chizig‘ini kengaytirish maqsadida mamlakat hududiga kirgan shartli noqonuniy kuch tuzilmalari va qo‘poruvchi guruhlarni qidirish hamda yo‘q qilish bo‘yicha kompleks amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdi. Barcha mashg‘ulotlar, o‘quv joylari real jang sharoitiga yaqinlashtirilgan holda olib borilib, ko‘nikmalar mustahkamlandi. Maxsus taktik o‘quvlar «Termiz», «Sho‘rsu», «Kattaqo‘rg‘on», «Nukus» hamda «Forish» poligonlarida shiddat bilan o‘tkazildi.
Bundan tashqari, tekshiruv rejasiga ko‘ra, Mudofaa vazirligining razvedka, maxsus va desant-shturm bo‘linmalari shaxsiy tarkibi harbiy-transport aviatsiyasiga qarashli samolyotlar, shturm va qo‘nish imkoniyatiga ega Harbiy havo kuchlari vertolyotlari yordamida turli modifikatsiyali parashyutlardan foydalangan holda desantlashtirishni amalga oshirdi. Shartli qurolli kuch tuzilmalarini yo‘q qilish bo‘yicha o‘tkazilgan barcha tadbirlar belgilangan muddat ichida muvaffaqiyatli yakunlandi.
Taktik harakatlarning to‘rtinchi kuni yakunida qo‘shinlarning yuqori jangovar tayyorgarligi, bo‘linmalarning uyushqoqligi va belgilangan vazifalarni bajarishga shay ekanligi namoyon bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev maxsus-taktik mashqlarni kuzatgandi.
Mavzuga oid
18:07 / 17.11.2025
Toshkentda 18 noyabr kuni harbiylarning tantanali yurishi bo‘lib o‘tadi
18:14 / 30.07.2025
Mudofaa vazirligi tizimidagi OTMlarga rahbarlar tayinlandi
10:41 / 26.06.2025
O‘zbekiston Qurolli kuchlari bosh shtabi sobiq boshlig‘i To‘lqin Qosimov vafot etdi
10:10 / 29.05.2025