Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston chempionatida beshinchi marotaba legioner futbolchi to‘purar bo‘ldi
Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ
Superliganing so‘nggi turida «Paxtakor» «Bunyodkor»ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Derbidagi dastlabki uchta golga mezbonlar hujumchisi Tiago Bezerra mualliflik qildi.
Natijada braziliyalik legioner chempionatning bu mavsumidagi gollari sonini 17taga yetkazib, to‘purarlar poygasida g‘olib chiqdi. 31 yoshli hujumchi bu borada jamoadoshi Ismoil Gonsalveshni bitta golga ortda qoldirdi. Yuqori uchlikni esa «Lokomotiv»ning 14ta to‘p kiritgan hujumchisi Marat Bikmayev yakunlab berdi (u o‘tgan mavsum 27ta gol bilan to‘purar bo‘lgandi).
Bezerra O‘zbekiston chempionatining 27 yillik tarixidagi oltinchi xorijlik to‘purar bo‘ldi. Bunga qadar 2009 yilda Rivaldo (Braziliya, 20ta gol), 2011 yili Milosh Trifunovich (Serbiya, 17), 2013 yil Aleksandr Pishur (Ukraina, 19) va 2014 yilda Artur Gevorkyan (Turkmaniston, 18) barchadan ko‘p gol urishning uddasidan chiqqan.
Mavzuga oid
15:09 / 29.12.2025
Yil yakunlari. O‘zbek futbolidagi 10 muhim voqea
23:18 / 02.12.2025
«Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeyev Superligada yil futbolchisi bo‘ldi
12:19 / 30.10.2025
«Paxtakor» va «Buxoro» o‘yinidagi bahsli vaziyatlar yuzasidan izoh berildi
20:52 / 29.10.2025