Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuratura tergovchisiga pora taklif qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jizzax viloyat prokuraturasining 8- va 21-bo‘limlari xodimlari tomonidan Arnasoy tuman prokuraturasi tergovchisi N.A.ning bildirgisi asosida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida aytilishicha, unda «Jizzax agrokimyohimoya» XAJ Arnasoy filiali sobiq bosh hisobchisi Sh.U. o‘ziga nisbatan bo‘lgan ish bo‘yicha zararni kamaytirish va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga 1000 AQSh dollarini tergovchi N.A.ga pora tariqasida taklif qilib, shundan 1.200.000 so‘m va 100 AQSh dollarini uning xizmat xonasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:33 / 25.06.2026
Elektr ta’minoti korxonalari muhandislari pora olayotganda ushlandi
18:32 / 23.06.2026
Katta poraxo‘rlar muddatining oxirigacha “o‘tiradi”
09:20 / 20.06.2026
Tezkor tadbirlarda ikki bank xodimi pora bilan qo‘lga tushdi
17:30 / 19.06.2026