O‘zbekiston | 16:07 / 01.12.2018
7014
3 daqiqa o‘qiladi

Hukumat qarori: Gidrometeorologiya xizmati markazining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi

Foto: Depositphotos

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar:

2019-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kuzatuv punktlarini jihozlash dasturi;

2019-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash dasturi tasdiqlandi.

Quyidagilar dasturlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

qurilish va rekonstruksiya qilish qismi bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi Investitsiya dasturi, shuningdek, 2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi uchun nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari;

kapital ta'mirlash va moddiy-texnik bazani mustahkamlash qismi bo‘yicha - “O‘zgidromet”ni saqlab turish uchun har yili byudjyetdan ajratiladigan mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning qarzlari va grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

“O‘zgidromet” ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlar doirasida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash bo‘yicha buyurtmachi etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi binolarni, inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta'minlaydi hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish sifatiga rioya etilishi ustidan zarur davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zgidromet” buyurtmalari bo‘yicha yangi gidrometeorologik stansiya va postlar qurish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi “O‘zgidromet”ga 2019-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kuzatuv punktlarini jihozlash dasturini amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning beg‘araz texnik ko‘magi (grantlar) jalb qilinishiga ko‘maklashadi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi “O‘zgidromet” buyurtmalariga asosan xorijda ishlab chiqarilgan mol-mulk o‘z vaqtida sotib olinishini ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid