Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda alohida turdagi tovarlarni markirovkalashning zamonaviy usullari joriy etiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Alohida turdagi tovarlarni markirovkalashning zamonaviy usullarini joriy etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2019 yilning 1 avgustidan boshlab, tovarlar toifasidan kelib chiqib, import qilinadigan va respublikada ishlab chiqariladigan tovarlarni himoyalangan belgi va (yoki) nano-molekulyar texnologiyadan foydalangan holda majburiy markirovkalashni bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Belgilab qo‘yilishicha:
majburiy markirovkalash joriy etilgan sanadan boshlab, mazkur qarorning ilovasida ko‘rsatilgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida markirovkasiz sotish taqiqlanadi;
Markirovkalanishi majburiy bo‘lgan tovarlar guruhlari ro‘yxatiga yangidan qo‘shilgan tovarlarni, ushbu tovarlar ro‘yxatga kiritilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida markirovkasiz sotilishiga ruxsat etiladi;
mazkur qarorga ilovada ko‘rsatilgan, shu jumladan, aksizli tovarlarni markirovkalashga doir xizmatlarni bevosita markirovkalash bo‘yicha xizmatlar yagona yetkazib beruvchisidan sotib olish xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019 yilning 1 yanvariga qadar quyidagilarni nazarda tutgan holda, tovarlarni himoyalangan belgi va nano-molekulyar texnologiyadan foydalangan holda majburiy markirovkalash tartibini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi:
markirovkalash bo‘yicha xizmatlar yetkazib beruvchisi, tadbirkorlik sub'yektlari va tovarlarni majburiy markirovkalashga doir talablar bajarilishi ustidan nazoratni ta'minlovchi organlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini;
markirovkalash tartibi va tartibotlarini, markirovkalash, shu jumladan, aksizli markirovkalash xizmatlarining bahosi va sotib olish tartibini;
markirovkalash bo‘yicha xizmatlar yetkazib beruvchisi ma'lumotlar bazasidan foydalanadigan davlat organlari ro‘yxatini;
markalar, shu jumladan, aksiz markalari sotilishi va markirovkalash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishi ustidan monitoring qilish tartibini.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2019 yilning 1 fevraliga qadar eng yaxshi takliflarini saralab olish asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar ishonchliligi va sifatini, yuqori himoyalangan darajasini ta'minlay oladigan, amaliy tajribaga ega bo‘lgan markirovkalash bo‘yicha xizmatlar yetkazib beruvchisini tanlashni, markirovkalanishi majburiy bo‘lgan tovarlar qiymatining sezilarli oshirilmasligini hisobga olgan holda tanlab olingan yetkazib beruvchi bilan muzokaralar o‘tkazilishini ta'minlasin, shuningdek, u bilan tuzilayotgan shartnoma butun muddati davomida ko‘rsatiladigan xizmatlar bahosini qat'iy belgilagan holda 5 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatga shartnoma tuzadi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026