Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiy jihozlar markirovkasiga qo‘yiladigan talablar belgilandi
O‘zbekistonda tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlarini rasmiylashtirish hamda ularning markirovkasiga qo‘yiladigan yangi talablar tasdiqlandi. Yangi tartib tibbiy jihozlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishni nazarda tutadi.
Adliya vazirligi tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi yo‘riqnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Hujjatga muvofiq, tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 noyabrdagi 738-son qarori asosida taqdim etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha yagona talablar belgilandi.
Shuningdek, hujjatlar elektron axborot tizimi orqali taqdim etilganda ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tan olish yoki ro‘yxat ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish hamda guvohnoma muddatini uzaytirish uchun yuborilayotgani alohida ko‘rsatiladi.
Yo‘riqnomada tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini xalqaro IMDRF va GHWP talablari bilan uyg‘unlashtirish ham nazarda tutilgan.
Markirovka matnida tibbiy jihozning nomi, tovar belgisi (agar mavjud bo‘lsa), to‘plam tarkibi, ishlab chiqaruvchining nomi va yuridik manzili, ishlab chiqaruvchi davlat, ishlab chiqarilgan sana, yaroqlilik muddati, saqlash shartlari hamda partiya yoki seriya raqami ko‘rsatilishi shart.
Bundan tashqari, steril tibbiy jihozlarda STERIL yozuvi, sterilizatsiya usuli va muvofiqlik belgisi aks ettirilishi lozim. Agar tibbiy jihoz bir marta foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa yoki uni qo‘llashda cheklovlar mavjud bo‘lsa, bu haqdagi ma’lumotlar ham markirovkada albatta ko‘rsatilishi belgilandi.
Mavzuga oid
12:21 / 12.12.2024
Sut mahsulotlarini markirovkalash boshlanadi
18:32 / 06.08.2024
Qalbaki markirovkali tovarlar savdosi uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishi mumkin
08:51 / 03.06.2024
Markirovkalash uchun zarur bo‘ladigan uskunalar bojxona bojidan ozod qilinadi
11:37 / 22.12.2023