Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viloyatlar va Toshkent shahrida suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Prezident qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
- ikki oy muddatda xorijiy maslahatchilarni jalb etgan holda, Toshkent shahri suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish choralarini ko‘radi;
- 2019 yil 1 aprelgacha Andijon, Namangan, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida Shveytsariya Konfederatsiyasi Hukumatining grantlari ishtirokida amalga oshirilgan tajriba loyihalari asosida suv ta'minoti va kanalizatsiya obektlarini boshqarish hamda ulardan foydalanishning tajribadan o‘tkazilgan ushbu shakllarini boshqa qishloq aholi punktlarida ham tatbiq etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
- 2019 yil 1 iyulgacha Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlarida suv ta'minoti hamda kanalizatsiya tizimlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish bo‘yicha zarur hujjatlarni tayyorlaydi va tanlov o‘tkazadi.
Suv ta'minoti va kanalizatsiya sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida shartnoma tuzgan yuridik shaxslar tegishli shartnoma imzolangan sanadan boshlab 3 yil muddatga:
- yagona ijtimoiy to‘lovdan boshqa barcha turdagi soliqlar va majburiy to‘lovlarni;
- respublikada ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni olib kelishda bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi.
Mavzuga oid
16:40 / 16.05.2026
Sergelidagi qo‘lansa hid: muammo yechimi nimaga bog‘liq?
23:06 / 24.04.2026
Saida Mirziyoyeva Toyloqda aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi
12:18 / 19.03.2026
30 martdan boshlab Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi
09:06 / 03.01.2026