Toşkent şahrining Şota Rustaveli köçasida quriliş işlari davomida şikast yetkazilgan quvurdan çiqqan oqova suv Salor kanaliga oqizilgani aniqlandi. Bu haqda Toşkent şahar Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, holat yuzasidan boş boşqarma boşliği A. Rasulov, laboratoriya mutaxassislari hamda Yakkasaroy tumani ekologiya nazorati inspeksiyasi davlat inspektorlari iştirokida tezkor işçi guruh tuzilib, voqea joyiga çiqib örganilganda oqova suv Salor kanaliga töğridan töğri taşlaş holati tasdiqlangan.

Holat yuzasidan boşqarma tahliliy laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan kanal suvidan belgilangan tartibda namunalar olinib, laboratoriya tahliliga yuborilgan. Tahlil natijalari hamda örganiş yakunlariga köra, atrof-muhitni muhofaza qiliş talablariga rioya etilmagani yuzasidan qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli çoralar köriladi. Qöşimça ma’lumotlar örganiş işlari yakuniga köra taqdim etiladi.

Eslatib ötamiz, 3 iyul kuni Yakkasaroy tumanidagi quriliş obektida kanalizatsiya tarmoğida sodir bölgan texnik nosozlik oqibatida diametri 1 800 mm bölgan quvurga jiddiy şikast yetgandi. Natijada suv toşib, yer qoplamasi qisman çökişi va öpirilişi röy bergan.













