Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda “Tolibon”ning 37 jangarisi teraktga tayyorlanayotganda portlab ketdi
Afg‘onistonning Qandahor shahrida “Tolibon”ning 37 jangarisi terakt uchun tayyorlanayotgan minalashtirilgan avtomobilning portlashi natijasida o‘ldi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi ma'lum qildi.
“Toliblar avtomobilni terakt uchun tayyorlayotgan bo‘lgan. Portlash oqibatida 37 tolib o‘lgan”, deyilgan xabarda.
Qandahor gubernatori ma'muriyati vakili Aziz Ahmad Aziziyning ma'lum qilishicha, avtomobil jangarilarning Maruf tumanidagi mashg‘ulot lagerida portlagan. Aziziyning aytishicha, portlash oqibatida yana ko‘plab toliblar yaralangan.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026