Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Xitoy 1 yanvardan keyin yangi bojlar kiritmaslikka kelishib oldi
Foto: Kevin Lamarque/Reuters
Xitoy raisi Si Tszinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp Buenos-Ayresdagi muzokaralarga ko‘ra, 1 yanvardan keyin o‘zaro yangi bojlar kiritmaslikka kelishib oldi.
Tramp Xitoy mahsulotlariga nisbatan bojni 10 foizdan 25 foizga ko‘tarmaslikka rozi bo‘lgan.
Shu tariqa, Xitoyning yiliga 200 mlrd dollarlik mahsulotlari uchun boj 10 foiz miqdorida saqlanib qoladi.
AQSh agar keyingi 90 kun ichida Xitoy bilan ba'zi savdo masalalari bo‘yicha kelishuvga kelinmasa, bojlar 25 foizgacha ko‘tarilishidan ogohlantirgan.
Xitoy, o‘z navbatida, savdo disbalansini qisqartirish uchun AQShdan katta miqdorda qishloq xo‘jaligi va boshqa mahsulotlar sotib olishga rozi bo‘ldi.
“Xitoy AQShdan qishloq xo‘jaligi, energetika, sanoat va boshqa mahsulotlarni sotib oladi”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, Xitoy amerikalik fermerlarning mahsulotlarini “darhol” sotib olishga rozilik bergan.
Mavzuga oid
22:40 / 05.05.2026
AQSh prezidenti Eronga kurashni davom ettirishdan voz kechishni maslahat berdi
13:42 / 05.05.2026
AQSh va Eron Fors ko‘rfazida yangi hujumlar boshladi
09:26 / 05.05.2026
Vashingtondagi Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi, yarador bor
08:23 / 04.05.2026