Toşkent şahrida yaşovçi 1994 va 1999 yillarda tuğilgan ikki nafar şaxs özaro til biriktirib, fuqarolarni tanişlari orqali G-1 vizasini olib beriş yöli bilan Janubiy Koreyaga işga jönatişni, keyinçalik esa uşbu mamlakatda doimiy yaşaş huquqini beruvçi guvohnomani rasmiylaştirib berişni va’da qilgan.
Ular uşbu xizmatlari uçun 55 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 25 ming AQŞ dollarini olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati Toşkent şahar boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şuningdek, Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yaşovçi, 2001 yilda tuğilgan, muqaddam firibgarlik jinoyati uçun sudlangan şaxs ham fuqaroni noqonuniy yöllar bilan AQŞga yuborişni taklif qilgan.
U tanişlari orqali Özbekiston – Turkiya – Ispaniya – Meksika – AQŞ yönalişi böyiça jönatiş evaziga 50 ming AQŞ dollari talab qilgan. Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbir davomida u talab qilingan mablağning 20 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida qölga olingan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilgan bölib, tergov harakatlari davom etmoqda.
DXX fuqarolarni xorijga işga jönatiş bilan boğliq şubhali takliflarga aldanmaslikka çaqirib, bu borada faqat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, uning hududiy boşqarmalari hamda maxsus litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari xizmatlaridan foydalanişni tavsiya qildi.

















