AQŞning Ohayo ştati Kolumbus şahrida özbekistonlik haydovçi öz boşqaruvidagi yuk maşinasida YTH sodir etdi. Avariya oqibatida 21 yoşli kollej öquvçisi Tobi Forsayt halok böldi. AQŞ mediasi haydovçi dalillarni yaşirişga uringanini yozdi. Kun.uz gaplaşgan manbalarga köra, vaziyat boşqaça. Ayni dam birinçi sud majlisi ham ötkazilgan.
Amerika telekanallari özbekistonlik trak haydovçisi kollej öquvçisini urib öldirdi, deya xabar tarqatdi. Masalan, Fox News’dagi reportajda aytilişiça, ingliz tilida unça gaplaşa olmaydigan haydovçi avariyadan söng dalillarni yöqotişga uringan. Kun.uz vaziyat yuzasidan birlamçi ma’lumotlarni yiğişga urindi. Bizga aytilişiça, yöl-transport hodisasidan keyin özbekistonlik haydovçi kamera yozuvlarini özi bilan olgan, maqsadi dalillarni yöq qiliş emas, balki saqlaş bölgan.
Voqea ötgan yakşanba kuni Ohayo ştatining Kolumbus şahrida sodir bölgan. Afsuski, avariya oqibatida 21 yoşli kollej öquvçisi halok bölgan. Amerika matbuoti uni yaxşi futbolçi, yaxşi jamoadoş deb ta’riflamoqda. Şuningdek, 42 yoşli özbekistonlik Bayden ma’muriyati davrida AQŞga kirgan va Nyu Yorkdan tijorat litsenziyasini olgan, politsiya uning inglizçani bilmasligini aytmoqda, deydi Amerika matbuoti.
Kun.uz vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Özbekiston elçixonasi, konsullik hamda vatandoşlarga ulandi. Ma’lumotlarni aniqlaşda Vaşington ştatidagi konsullik yordamlaşdi. Boş konsul Ahror Burhonov orqali gaplaşgan manbalarimizga köra, vaziyat köringanidek emas. Özbekistonlik haydovçi qoçişga urinmagan, özining telefonlari va videoyozuvlarini yöqolib ketmasligi uçun özi bilan olgan. Buni Tsinsinatti şahridagi “Hamkor Uz” jamoatçilik taşkiloti rahbari Zafar Alimov ham tasdiqladi.
“Vatandoşimiz bilişimça, Amerikaga qonuniy kelgan. Özi ham avariyadan stressda, videoyozuvlarni olişdan maqsadi yaşiriş emas, balki ularni saqlab qoliş bölgan. Çunki uning yuk maşinasi yonib ketişi mumkin edi, AQŞ mediasida esa butunlay boşqaça yoritişdi”, deydi u.
Alimovning qöşimça qilişiça, özbekistonliklar haqidagi xabarlarni Amerika matbuoti börttirib yubormoqda.
“Oxirgi paytlar negadir biz özbeklar haqidagi xabarlar juda negativ. Ular boşqaça yoritadi, bizning Özbekistondagi kanallar esa boriça köçiradi, unday qilmasliklarini men sörab qolardim. Birgina şu inson misolida, u inglizçani unça bilmagan, lekin dalillarni yaşirişga urinmaganini aytmoqda”, deydi jamoat taşkiloti raisi.












