Sport | 23:39 / 02.12.2018
10591
2 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» raqib darvozabonining xatosi evaziga 96-daqiqada gol urib g‘alaba qozondi

Angliya chempionatining 14-turi doirasida «Liverpul» «Everton»ni qabul qildi.

Liverpul derbisi maqomidagi ushbu uchrashuvda 96-daqiqagacha hisob ochilmadi.
O‘yindagi yagona gol 96-daqiqada «Liverpul» hujumchisi Divok Origi tomonidan urildi. Bu vaziyatda mehmonlar jamoasi darvozaboni Jordan Pikford darvoza to‘sini ustidan o‘tib, maydon tashqarisiga chiqib ketayotgan to‘pni raqib futbolchisiga tashlab berib, kulgili xatoga yo‘l qo‘ydi.

Endi «Liverpul» Angliya chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Jamoa 14 turda 11 g‘alabaga erishib, 3 bor durang o‘ynagan. 

Bu natijadan keyin «Liverpul» ochkolari sonini 36taga yetkazdi va turnir jadvalida 2-o‘ringa joylashdi. «Everton» 22 ochkosi bilan 6-o‘rinda.

Keyingi turda «Liverpul» «Byornli» mehmoni bo‘ladi, «Everton» «Nyukasl»ni qabul qiladi.

Angliya chempionati
14-tur
Liverpul – Everton 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 90 Origi.
Liverpul – Alisson, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Veynaldum, Fabino, Shakiri (Keyta, 71), Mane, Salax (Starridj, 75), Firmino (Origi, 84).
Everton – Pikford, Kin, Din, Koulmen, Mina, Bernard (Kelvert-Lyuin, 89), Andre Gomesh, Uolkott (Lukman, 63), Sigurdsson (Zuma, 90), Risharlison, Guyye.
Ogohlantirishlar: Shakiri (33), Fabino (77), Gomes (80), Andre Gomesh (88), Sigurdsson (90)

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid