«AKFA Medline» tibbiyot markazi 1 yoshga to‘ldi!
2018 yilning 1 dekabr kuni «AKFA Medline» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining ochilganiga 1 yil bo‘ldi. Mazkur muhim kun munosabati bilan klinikada tantanali marosim tashkil etildi. Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari, turli klinikalar rahbarlari, xorijlik mutaxassislar, tibbiyot markazi bilan hamkorlik qilib kelayotgan bank, sug‘urta, dori vositalarini yetkazib berish kompaniyalari xodimlari, shuningdek, tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi professor, akademiklar ishtirok etishdi. Marosimni «AKFA Medline» tibbiyot markazi rahbari Kamola Mirzaliyeva ochib berdi. So‘zga chiqqanlar klinikaning bir yilda amalga oshirgan ishlariga atroflicha to‘xtalib o‘tishdi.
Yil davomida tibbiyot markazida nafaqat yurtimiz aholisi, balki xorijlik fuqarolar ham davolanganini qayd etish zarur. Statistikaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, markazda shifo topganlar qatorida dunyoning juda ham ko‘plab mamlakatlari, xususan, AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Rossiya, Yaponiya, Germaniya kabi davlat fuqarolarini uchratish mumkin. Yana bir e'tiborga molik jihat qo‘shni, qardosh mamlakatlardan ham ko‘plab insonlar shifo izlab «AKFA Medline» tibbiyot markazimizga tashrif buyurishdi. Ularga yanada qulaylik yaratish maqsadida fevral oyida klinikaning Qozog‘istonning Chimkent shahrida vakolatxonasi ochildi. Yaqin kunlarda Tojikistonda ham rasmiy ofisning ochilishi rejalashtirilgan.
«AKFA Medline» o‘tgan vaqt mobaynida turli og‘ir xastaliklaridan aziyat chekayotgan bemor bolalarni sog‘lom hayotga qaytarishga o‘zining hissasini qo‘shdi, imkon qadar ko‘p oilalarga quvonch va baxt ulashishga intildi.
Tibbiyot markazida 400 dan ortiq ish o‘rni yaratilib, chet mamlakatlardagi yetakchi klinikalarda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik mutaxassislar jalb qilindi. Shuningdek, yil davomida Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya kabi mamlakatlardan yuqori malakali mutaxassislar taklif etildi. Ular yurtimiz fuqarolariga bepul konsultatsiyalar berishdi va turli murakkablikdagi operatsiyalar o‘tkazishdi. Shu bilan birga, xorijlik mutaxassislar ishtirokida o‘zbekistonlik shifokorlar uchun seminar, master-klass, konferensiyalar tashkil etildi.
Eng zamonaviy va innovatsion tibbiy uskunalar bilan jihozlangan jarrohlik bo‘limida deyarli barcha yo‘nalishlar bo‘yicha sohada yetakchi bo‘lgan mamlakatlarnikidan qolishmaydigan jarrohlik operatsiyalari amalga oshirilib kelmoqda. Zamonaviy uskuna va jihozlar bemorlarga uzluksiz tibbiy yordam ko‘rsatish va ularning ahvollarini monitoring qilib borish imkonini berayapti.
Odamlar tibbiyot maskaniga, shubhasiz, mutaxassislarning yuqori malakasi bo‘yicha baho beradi. Hozirgi kunda, «AKFA Medline» 110 nafar yuqori malakali shifokor, 220 nafar malakali hamshira, 90 nafar operatsiya bloki xodimi faoliyat yuritmoqda.
«AKFA Medline» ning 12 oy davomida erishgan yutuqlari (infografika):
- 210 000 dan ortiq turli xizmatlar ko‘rsatildi;
- 29 000 ga yaqin bemorlar ko‘rikdan o‘tishdi va davolanishdi;
- turli yo‘nalishlarda 1700 dan ziyod operatsiyalar o‘tkazildi, jumladan:
- Qon-tomir kasalliklari bo‘yicha – 300;
- Otolaringologik – 200;
- Ginekologik – 170;
- Umumiy jarrohlik, proktologik – 270
- Oftalmologik – 110;
- Ortopedik – 170;
- Urologik – 190;
- Plastik va estetik operatsiyalar – 90;
- Minimal invaziv operatsiyalar – 120.
Tibbiyot markazining yuqori malakali mutaxassislari tomonidan 26 000 dan ortiq konsultatsiyalar berildi. Yil davomida klinikaga kelganlar, shuningdek, quyidagi xizmatlardan foydalanishdi:
- UZI – 8500 dan ortiq;
- MRT – 6500 dan ziyod;
- MSKT – 2900 ga yaqin;
- Rentgen – 5500 dan ortiq;
- Laboratoriya tahlili – 113 000 dan ziyod.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
12:00 / 26.05.2021
AKFA Universiteti kampusini qurish uchun AKFA Medline qimmatli qog‘ozlar bozoridan mablag‘ jalb qildi
17:28 / 24.11.2020
“SeN YaShAYSAN” – yurtimizdagi eng yirik klinikalardan birida yurak nuqsoni mavjud 10 nafar bolaga bepul operatsiya o‘tkaziladi
20:00 / 28.10.2020
AKFA Medline klinikasida bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlarini xavfsiz usul bilan davolash amaliyoti o‘tkazilmoqda
11:09 / 14.08.2020