AKFA Medline klinikasi umumiy hajmi 211 milliard sömga teng bölgan indeksatsiya qilinadigan korporativ obligatsiyalarni joylaştirdi.
AKFA Universiteti ta'sisçisi AKFA Medline muomalaga nominal qiymati 10 million sömni taşkil etadigan 21 100 dona korporativ obligatsiyalarni çiqardi. Obligatsiyaning muomala qiliş muddati beş yil. Obligatsiyalar yopiq obuna yöli bilan yagona investor Abu Dhabi Uzbek Investment Company (ADUI) investitsion kompaniyasiga joylaştirildi.
Ma'lumot uçun, ADUI 2019 yilning iyul oyida taşkil etilgan. Kompaniya 2019 yilning mart oyida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BAAga taşrifi doirasida Özbekiston va BAA örtasida imzolangan özaro hamkorlik şartnomasi natijasida taşkil etildi. ADUI'ning ustav fondi 100 million dollarni taşkil etadi va Abu Dabi Rivojlaniş Fondi (ADFR, uluşi 75%) hamda Özbekiston Rekonstruksiya va Rivojlaniş Fondi (ÖRRF, 25%) mablağlari hisobidan taşkil etilgan. ADUI Özbekistonda yuqori salohiyatga ega bölgan investitsion loyihalarni moliyalaştiradi.
ADFR 1971 yil 15 iyulda Abu-Dabi hukumati nomidan imtiyozli kreditlar va grantlar şaklida yordam körsatuvçi yetakçi milliy taşkilot sifatida taşkil etilgan bölib, rivojlanayotgan davlatlarda iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga erişiş böyiça tadbirlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan loyihalarni moliyalaştiriş maqsadida taşkil etilgan. ADFR şuningdek, foyda oluvçi mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanişni tezlaştirişda muhim rol öynab, xususiy sektorni rağbatlantirişga sarmoya kiritadi.
SAB Capital Advisory kompaniyasi mazkur kelişuvni amalga oşirişda investitsion maslahatçi sifatida iştirok etdi.
Korporativ obligatsiyalarni joylaştirişdan olingan mablağlar AKFA Universitetining Toşkent viloyati Qibray tumanidagi kampusi qurilişini moliyalaştirişga yönaltiriladi.
- Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizda ta'lim tizimini rivojlantirişga katta ahamiyat bermoqda. Mamlakatimizda yaratilgan şart-şaroitlar tufayli yangi oliy ta'lim muassasalari, jumladan xususiy universitetlar taşkil etilmoqda. AKFA Universitetining zamonaviy kampusini taşkil qiliş uçun bizning jamoa ta'lim tizimiga töğridan töğri xorijiy sarmoyalar jalb qildi, - dedi AKFA Medline boş direktori Kamola Mirzaliyeva. - Men Temur Rahmonov rahbarlik qilayotgan Abu Dhabi Uzbek Investment Company kompaniyasiga professionalizm va obligatsiyalarini sotib oliş böyiça qabul qilgan qaroriga öz minnatdorçiligimni bildiraman.













