Loyiha Toşkent şahridagi Alfraganus turar joy majmuasi hududida amalga oşirilmoqda va u tibbiy xizmat körsatişning zamonaviy modellaridan biri sifatida taqdim etiladi. Konsepsiya Cleveland Clinic tajribasi va xalqaro standartlar asosida işlab çiqilgan.

Barpo etilayotgan klinika umumiy 35 300 m² maydonni egallaydi va barça xizmatlar töliq bepul böladi. Muassasa kuniga 3000 nafar, yil davomida esa 500 000 nafar bemorga xizmat körsata oladi.
Klinikada 150 dan ortiq qabul va diagnostika xonasi taşkil etiladi hamda 36 dan ortiq tibbiy yönalişlar qamrab olinadi. Jumladan, terapiya, kardiologiya, endokrinologiya, laboratoriya va instrumental diagnostika kabi sohalarni öz içiga oladi.

“Biz tizim qurmoqdamiz — u qadriyatlar asosida: intizom, yetakçilik, hurmat va jamiyat oldidagi mas’uliyat. Biz buni özimiz va yaqinlarimizga yordam berayotgandek amalga oşiryapmiz”, - deya ta’kidladi AKFA Group asosçisi Jahongir Artiqxöjayev loyiha taqdimotida.

Uşbu loyiha şunday muhit yaratişni közda tutadiki, unda odam özini şifoxonada emas, balki mehmonxona muhitida his qiladi. Binoda qulay yönaltiruvçi belgilar, raqamli terminallar, xotirjam muhit va har bir taşrif buyuruvçiga hurmat bilan munosabat mavjud böladi.

Barça jarayonlar töliq avtomatlaştirilgan bölib, xizmatlar oddiy, intuitiv ravişda tuşunarli va foydalanişda qulay qilib yaratilgan. Bemorlarning markaz bilan özaro munosabatining barça bosqiçlari — qabulga yozilişdan tortib, diagnostika natijalarini olişgaça — zamonaviy IT yeçimlari asosida optimallaştirilgan. Fuqarolar şifokor qabullariga mustaqil yoziladilar, taşriflarini rejalaştiradilar va tibbiy hujjatlarini onlayn tarzda, navbat kutişsiz olişlari mumkin. Bunday yondaşuv xizmat sifatini, tezkorlikni va bemorlar uçun qulaylikni ta’minlaydi.














