«Delfinlar shousi» haqidagi gap so‘zlarga nuqta qo‘yildi. Ular Toshkentda, sizlarni kutmoqda

O‘zbekiston Respublikasi davlat sirkida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan «Delfinlar shousi» ko‘ngilochar tomoshalari o‘tkazilishi haqida e'lonlar boshlanganiga ham qariyb to‘rt oy bo‘ldi. Dastlab avgust oyining boshida turli ommaviy axborot vositalarida reklama roliklari tarqatildi. Ularda O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan bunday tomoshalar haqida jar solindi. Ammo chiptalar sotilganiga qaramay «Delfinlar shousi» bir necha bor ortga surildi, tomoshalar o‘tkazilmadi. Nihoyat turli gap so‘zlarga, shov-shuvlarga nuqta qo‘yildi. 2 dekabr kuni delfinlar Toshkentga yetib kelishdi. Islom Karimov nomidagi Xalqaro Aeroportdan maxsus avtomashinalarda ularni sirkka olib kelishdi.
Video: Mover
Video: Youtube

Tomoshalar uchun sirkda barcha sharoitlar tayyorlangan. «Delfinlar shousi» uchun 3 ta delfin, 2 ta dengiz mushugi va bitta dengiz sheri olib kelindi. Hozirda ularning ahvoli juda yaxshi.
«Delfinlar shousi» MChJ rahbari Abdulaziz Aliyevning gaplariga ko‘ra:

– Mustaqilligimizning 27 yillik bayramiga tomoshabinlarga hali bizda bo‘lib o‘tmagan o‘ziga xos tomosha taqdim etmoqchimiz. Biz xalqimiz, tomoshabinlar oldidagi va'damizni bajarish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solyapmiz. Shou uchun jonivorlarni Ukrainadan maxsus samolyotda katta qiyinchiliklar bilan olib keldik. Bu xalqimizga katta sovg‘a bo‘ladi, deb umid qilamiz. Buning uchun tayyorgarlik ko‘ryapmiz, Shou uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Delfinlar ikki oy davomida O‘zbekistonda bo‘lishadi. Xalqimizga yangi yil oldi ajoyib syurprizlar tayyorlab qo‘yganmiz. Shouda dengiz jonivorlari tomonidan 50 dan ortiq tomoshalar ko‘rsatiladi.
«Delfinlar shousi» O‘zbekiston davlat sirkida o‘tkaziladi. Chiptalar haqida ma'lumotlarni sirk kassalaridan so‘rashingiz mumkin. Shuningdek, 4 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolajonlarimizga, urush qatnashchilari va pensionerlarimizga chiptalar 20 foizlik chegirmalar bilan sotiladi. «Delfinlar shousi» yangi yil oldi siz azizlarga kutilmagan va unutilmas tomoshalar tayyorlab qo‘ygan. Nafaqat bolajonlarimiz, balki katta-kichik barcha yurtdoshlarimiz uchun yangilik bo‘lishi kutilmoqda. Bu ajoyib dengiz hayvonlarining harakatlaridan bahramand bo‘lishni xohlasangiz, shoshiling.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46
-
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
Jahon | 21:25
-
Hannover banki Germaniya sobiq kansleri Shryoderning hisobraqamini bloklagan - Bild
Jahon | 21:10
-
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
Jahon | 20:17
Mavzuga oid

21:50 / 21.11.2018
O‘zbekiston davlat sirkida nima gap?

12:45 / 13.11.2018
Toshkentda «Delfinlar shousi» o‘tkaziladimi?

10:30 / 24.09.2015