Özbekiston respublikasi davlat sirkida bölib ötişi rejalaştirilgan «Delfinlar şousi» köngiloçar tomoşalari ötkazilişi haqida e'lonlar boşlanganiga ham qariyb tört oy böldi. Dastlab avgust oyining boşida turli ommaviy axborot vositalarida reklama roliklari tarqatildi. Ularda Özbekistonda ilk bor ötkaziladigan bunday tomoşalar haqida jar solindi. Ammo çiptalar sotilganiga qaramay «Delfinlar şousi» bir neça bor ortga surildi, tomoşalar ötkazilmadi. Vaziyatga oydinlik kiritiş uçun sirkka yöl oldik.

Youtube'da köriş

Mover.uz'da köriş

Özbekiston respublikasi davlat sirki direktori Rustam Majidov vaziyatni şunday izohladi:

– «Delfinlar şousi» bir neça marta ortga surilgani rost. Lekin şu örinda bir holatga e'tibor qaratmoqçiman. Biz faqat sirk arenasini ma'lum haq evaziga ijaraga berganmiz, şou ötkazilişi, sifatiga javob bermaymiz. Buning uçun maxsus «Delfinlar şousi» MÇJ tuzilgan va şu taşkilot bu şouni ötkazişni rejalaştirgan. Aytiş mumkinki, bu MÇJ hozir mazkur tomoşalar ötkazilişidan eng köp manfaatdor, çunki juda katta mablağ evaziga arena örnida basseyn qurildi, örindiqlar şu şouga moslaştirildi. Şuningdek, «Delfinlar şousi» MÇJ ötgan vaqt davomida tomoşalar ötkazilmaganiga qaramay ijara haqini tölab kelmoqda, ya'ni bu yerda sirk yoki davlat manfaatlariga zarar yetkazilmayapti.

Ikkinçi tomonning ham fikrini örganiş uçun «Delfinlar şousi» MÇJ rahbari Abdulaziz Aliyev bilan ham suhbatlaşdik:

– Mustaqilligimizning 27 yillik bayramiga tomoşabinlarga hali bizda bölib ötmagan öziga xos tomoşa taqdim etmoqçi edik. Ammo rejalarimiz öz vaqtida amalga oşmadi. Biz özimizga boğliq hamma narsani qildik, ammo dastlabki şartnomamizga köra delfinlar Rossiyadan keltirilişi kerak edi. Hamma kelişuvlar amalga oşib, delfinlar yölga çiqişi kerak bölib turgan vaqtda Rossiya vakolatli organlari delfinlarni öz hududlaridan çiqib ketişlariga yöl qöyişmadi. Ular qizil kitobga kiritilgani, xavfsizligi kafolatlanmaganini rökaç qilişdi. Jonivorlarning xavfsizligi, soğ-salomatligini ta'minlaşimiz böyiça barça tuşuntirişlarimiz inobatga olinmadi.