Toşkent sirkining 39-mavsumi “Özbek sirki yulduzlari” şou dasturi bilan boşlab berildi.

Şu bilan birga, joriy yilda yana bir yubiley nişonlanadi – Özbekistonda statsionar sirk tomoşalari boşlanganiga 100 yil töladi.

Toşkent markazidagi sirk binosi qurilganiga 39 yil bölganiga qaramay, u allaqaçon şaharning eng diqqatga sazovor joylaridan biriga hamda turistlar taniydigan öziga xos taşrif qoğoziga aylanib qolgan. Şu bois u davlat muhofazasiga olingan obekt hisoblanadi.

“Ayni kunlarda mamlakatning turli mintaqalarida bizning “Şapito” nomli köçma sirkimiz faoliyat yuritmoqda, - deydi sirk boş rejissyori Sunnat Qöziyev. – Bu yil, an'anaga köra, muxlislarni Yangi Yil ertagi bilan xuşnud etamiz, har bir bayramga maxsus dastur tayyorlaymiz, şou kuzgi va yozgi tanaffuslardan söng yangilanib boradi”.