O‘zbekiston | 16:14 / 03.12.2018
12013
7 daqiqa o‘qiladi

DSX organlari tomonidan mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Davlat soliq xizmati organlari tomonidan mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, mavzuga oid va ekspress-o‘rganish - soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini hamda soliq to‘lovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llashning qonuniyligini tasdiqlash uchun kameral nazorat natijasi bo‘yicha joyiga borgan holda soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan o‘rganishdir.

Mavzuga oid va ekspress-o‘rganish ishtirokchilari - soliq organlarining mansabdor shaxslari hamda soliq to‘lovchi, shuningdek, soliq to‘lovchining vakillari.

Soliq to‘lovchidan mavzuga oid va ekspress-o‘rganishga taalluqli bo‘lmagan hujjatlarni talab qilishga yoxud soliq organi mansabdor shaxslari tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyatiga boshqacha tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mavzuga oid va ekspress-o‘rganishni tayinlashga kameral nazorat natijalariga ko‘ra soliq organining talabnomasiga binoan soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tasdiqlash maqsadida uni o‘rganish zarurati asos bo‘ladi.

Mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish mezonlari quyidagilar hisoblanadi:

soliqlar va bojxona imtiyozlarini qo‘llashning qonuniyligi;

ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik birlashmalarining sof fonda va dividendlar hisoblanishi to‘g‘risidagi, shuningdek, davlat unitar korxonalari tomonidan ularning sof foydasidan davlat byudjyetiga 30 foiz miqdorida ajratmani aniqlash to‘g‘risidagi hisobotida soliq organlarida xo‘jalik yurituvchi sub'yektning faoliyatiga doir boshqa ma'lumotlar o‘rtasida tafovutlar mavjudligi;

kameral nazorat natijasida soliq to‘lovchining bank hisob raqamlarida pul mablag‘larining harakatlari tahlilida xarid qilinadigan va realizatsiya qilinadigan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning hajmi, nomenklaturasi (assortimenti) va summasi o‘rtasida aniqlangan nomutanosibliklar;

soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq axborot taqdim etish majburiyati yuklangan organlar va tashkilotlardan soliq organlariga kelib tushgan axborotlar tahlili bo‘yicha aniqlangan tafovut va farqlar;

valyuta qonunchiligi sohasida aniqlangan qonunbuzarliklar, shu jumladan, tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha import va eksport qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxining oshirilishi va pasaytirilishi.

Mavzuga oid va ekspress-o‘rganishni amalga oshirish maqsadida, o‘rganilayotgan soliq to‘lovchi, o‘rganishni amalga oshirish uchun asos bo‘lgan soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi talabnoma, o‘rganish muddati, shuningdek, soliq organining o‘rganishni amalga oshiradigan mansabdor shaxslari tarkibi ko‘rsatilgan buyrug‘i chiqariladi.

Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega:

mavzuga oid va ekspress-o‘rganishni amalga oshirayotgan soliq organlari mansabdor shaxslariga mavzuga oid va ekspress-o‘rganish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish;

mavzuga oid va ekspress-o‘rganish materiallari bilan tanishish va natijasi bo‘yicha ma'lumotlar olish;

o‘rganishni amalga oshirayotgan soliq organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy hamda mavzuga oid va ekspress-o‘rganishga aloqasi bo‘lmagan hujjatlari va talablarini bajarmaslik;

o‘rganishni amalga oshirayotgan soliq organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;

mavzuga oid va ekspress-o‘rganish amalga oshirilishida qatnashish uchun o‘zlarining vakillarini taklif qilish huquqiga ega.

Soliq to‘lovchilar quyidagilarga majbur:

mavzuga oid va ekspress-o‘rganishni amalga oshirayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar va ma'lumotlarni taqdim etishlari;

mavzuga oid va ekspress-o‘rganishni amalga oshirayotgan soliq organlari mansabdor shaxslarini ishlab chiqarish hududlariga, ombor, savdo binolariga hamda boshqa binolar, shu jumladan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliqqa tortish obektlarini saqlash bilan bog‘liq joylarga ko‘zdan kechirishni amalga oshirish uchun kiritishlari;

soliq organlari mansabdor shaxslarining mavzuga oid va ekspress-o‘rganishga tegishli bo‘lgan qonuniy talablarini bajarish, shuningdek, mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish davomida ularning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik.

Soliq organlarining mansabdor shaxslari quyidagi huquqlarga ega:

kameral nazorat natijalarining haqqoniyligini tekshirish maqsadida soliq to‘lovchining faqat mavzuga oid va ekspress-o‘rganishga tegishli bo‘lgan buxgalteriya, moliya, statistika, bank ma'lumotlari va boshqa hujjatlarini o‘rganish;

soliq to‘lovchi tomonidan ishlab chiqarish hududlarini, ombor, savdo binolarini hamda boshqa binolar, shuningdek, soliq to‘lovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliqqa tortish obektlarini saqlab turish bilan bog‘liq bo‘lgan joylarni ko‘zdan kechirish;

faqat mavzuga oid va ekspress-o‘rganishga tegishli bo‘lgan hujjatlarning nusxalarini olish;

ko‘zdan kechirish davomida tovar-moddiy zaxiralar va asosiy vositalar kamomadi yoki ortiqcha tovar-moddiy zaxiralar va asosiy vositalar, shuningdek, ularni yaroqsizlanganlik holati aniqlanganda, qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibga muvofiq inventarizatsiyani (to‘liq yoki tanlov asosida) tashkillashtirish, hujjatlarni talab qilish va soliq to‘lovchidan tushuntirishlar olish;

soliq to‘lovchi tomonidan tovar-moddiy boyliklar vositachiga yoki mas'ul saqlashga berilgan hollarda komitent/komissioner va mas'ul saqlovchilarning omborlarini talabnoma rasmiylashtirmagan holda soliq organining tegishli buyrug‘i asosida ko‘zdan kechirish.

Soliq organlarining mansabdor shaxslari quyidagilarga majbur:

mavzuga oid va ekspress-o‘rganish boshlanishidan oldin soliq to‘lovchini o‘rganish maqsadi bilan tanishtirish va o‘zlarining xizmat guvohnomalarini ko‘rsatishlari;

soliq to‘lovchiga soliq organining mavzuga oid va ekspress-o‘rganish tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyrug‘idan ko‘chirma nusxasini tilxat olish orqali topshirishlari;

qonun hujjatlariga muvofiq soliq siriga rioya etish.

Mavzuga oid va ekspress-o‘rganishni amalga oshirish uchun asos bo‘lgan hujjatlar soliq to‘lovchi yoki uning vakiliga topshirilgan payt o‘rganish boshlangan payt deb hisoblanadi.

Mavzuga oid va ekspress-o‘rganish faqat kameral nazorat o‘tkazilgan soliq davri uchun amalga oshiriladi. Mavzuga oid va ekspress-o‘rganishni amalga oshirish muddati besh ish kunidan oshmasligi kerak.

Mavzuga oid