Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini işlab çiqiş va tasdiqlaşda özbek tilining örni (aniqroği örni yöqligi) haqida keng jamoatçilikda köp e'tiroz va şikoyatlarga duç kelamiz, deb yozadi huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev.
Eng muhim qonunlardan tortib, idoralarning qaror va buyruqlarigaça odatda rus tilida işlab çiqilişi, rus tilida muhokamaga qöyilişi va hattoki faqat rus tilida qabul qilinişi (qonunlar bundan mustasno) öz-özidan köpçilikka yoqmasligi tabiiy.
Bildirilişiça, şunday muhokamalar paytida 22 noyabr kuni Adliya vazirligi barça vazirlik, idora va taşkilotlarga (jami 120 ta) xat çiqarib, yurtimizda «Davlat tili haqida»gi qonun borligini yana bir bor eslatib, bundan keyin muhokama qöyilayotgan loyihalarni albatta davlat tilida (ya'ni özbek tilida), zaruriyat tuğilganda esa boşqa tillarda portalga joylaştirişni söragan.
Xatda aytilişiça, «Davlat tili haqida»gi qonunning 8-moddasiga muvofiq, Özbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boşqaruv organlarining boşqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi hamda e'lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boşqa tillarda ham e'lon qilinadi.
«Biroq, ötkazilgan tahlillar aksariyat holatlarda normativ-huquqiy loyihalarni işlab çiquvçi vazirlik, idora va taşkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokama uçun faqat rus tilida joylaştirilayotganligini körsatmoqda.
Mazkur holat keng jamoatçilik va tadbirkorlik sub'yektlarining haqli e'tirozlariga sabab bölmoqda hamda muhokama jarayonida ularning iştirok çeklanişiga olib kelmoqda», - deyiladi xatda.













