Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryolik rahbarlar o‘zbek tili bo‘yicha diktantda salbiy natija qayd etgani ma’lum bo‘ldi
Savodxonlikni oshirish, rahbar kadrlarni bosqichma-bosqich davlat tilida ish yuritish asoslariga o‘rgatish va ularni malaka oshirish markazlariga jalb etish yuzasidan choralar belgilandi.
Foto: O‘zA
Sirdaryo viloyatida davlat idoralari rahbar xodimlarining savodxonlik darajasini baholash maqsadida diktant olish amaliyoti o‘tkazildi. Afsuski, natijalar ijobiy emas, deb xabar berdi O‘zA.
Qayd qilinishicha, Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 9 nafar rahbar xodimidan 6 nafari, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ 5 nafar rahbar xodimidan 4 nafari, «O‘ztelekom» AJ Sirdaryo filialining 10 nafar rahbar xodimidan 7 nafari, «O‘zbekiston pochtasi» AJ viloyat filialining 8 nafar rahbar xodimidan 4 nafari qoniqarsiz baho olgan. Diktantda qatnashgan rahbarlarning umumiy soni haqida ma’lumot berilmadi.
Ta’kidlanishicha, bu holat viloyat rahbariyati tomonidan jiddiy tanqidga olingan. Jumladan, Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov davlat tilida ish yuritish qonun talabi ekani, unga rioya qilish har bir rahbar va mas’ul shaxsning fuqarolik burchi ekanini aytgan.
Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilgan. Savodxonlikni oshirish, rahbar kadrlarni bosqichma-bosqich davlat tilida ish yuritish asoslariga o‘rgatish va ularni malaka oshirish markazlariga jalb etish yuzasidan choralar belgilangan.
Mavzuga oid
09:36
Vengriyaning “smart qishloq” tajribasi Sirdaryoda sinab ko‘riladi
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
13:51 / 04.12.2025
Shavkat Mirziyoyev bioaksal polipropilen plyonka ishlab chiqaradigan yagona korxona faoliyati bilan tanishdi
12:16 / 04.12.2025