Hindistonda o‘zbek tili mutaxassisligi bakalavriat dasturiga kiritilishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonning yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri – Jamiya Milliya Islomiya markaziy universiteti rektori Mazhar Asif bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
100 yildan ortiq tarixga ega Jamiya Milliya Islomiya universiteti ham O‘zbekistonning qator oliy bilim yurtlari bilan yaqin sheriklik aloqalarini o‘rnatgan, ular o‘rtasida ahdlashuv memorandumlari imzolangan.
Professor Mazhar Asif axborot texnologiyalari, tabiiy va gumanitar fanlar, jurnalistika va boshqa yo‘nalishlarda zamonaviy talablarga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash borasidagi hamkorlik har ikki tomon uchun manfaatli ekanini bildirdi.
Shuningdek, Jamiya Milliya Islomiya universitetida faoliyat yuritayotgan o‘zbek tili kurslarining ko‘p yillik tajribasidan kelib chiqib, universitetda bakalavriat o‘quv dasturiga o‘zbek tili mutaxassisligini kiritish masalasi yuzasidan fikr almashildi. Shu maqsadda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy chora-tadbirlar, xususan, o‘quv qo‘llanmalari taqdim qilish, ta’lim jarayoniga yuqori malakali tilshunos mutaxassislarni jalb etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Mazkur universitetda Sharq olimlari, jumladan, buyuk o‘zbek allomalarining noyob asarlarini o‘rganishga ham katta e’tibor qaratiladi. Ta’lim maskanining ikkita binosi Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino nomlari bilan atalgan.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston elchixonasi va universitet o‘rtasida avval erishilgan kelishuvga binoan mazkur oliy bilim yurti hududida o‘zbek xalqining qomusiy olimlaridan birining haykalini o‘rnatish ishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi pasaydi
O‘zbekiston | 12:42
-
Chexiya jurnalist Farida Qurbongaleyevani Rossiyaga topshirishdan bosh tortdi
Jahon | 12:30
-
Xususiy bandlik agentliklariga bir qator huquqlar berish taklif etilmoqda
O‘zbekiston | 12:17
-
Latviya Rossiya harbiy kompleksiga aloqadorlikda gumon qilingan kompaniyani tekshirmoqda
Jahon | 11:47
Mavzuga oid

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi

00:15 / 20.05.2025
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi

19:31 / 18.05.2025