AQŞ harbiy-dengiz kuçlari instituti mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqot loyihalari boşqarmasi (DARPA) bilan hamkorlikda raqib kemalarining joylaşgan örnini aniqlay oladigan kuzatuv va himoya qiliş biologik faol tizimlarini işlab çiqişni boşladi. Olimlarning ta'kidlaşiça, zamonaviy texnologiyalar istalgan suv osti obektini kuzatişga va ularning nimaligini bir neça soniya içida aniqlovçi biologiya himoya tizimini yaratişga imkon beradi.
Olimlar kema va muayyan turdagi obektlarga xos bölgan metall, yonilği yoki elektr magnit ta'sirga javob beruvçi alohida turdagi bakteriyalarni yaratişni möljallaşmoqda. Okeanlarda bakteriyalardan ma'lumotlarni yiğiş bilan dronlar şuğullanadi. Buning uçun dengiz va havo avtonom qurilmalarini maxsus datçiklar bilan jihozlaş rejalaştirilgan. Tadqiqotçilarning ta'kidlaşiça, köplab dizel-elektr suv osti kemalari jangovar patrul olib borayotgan hududni aniqlaşga imkon beruvçi öz qat'iy “izi”ga ega.

















